Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

09
Huquqiy mahalla

#HUQUQIY_MAHALLA

Koson tuman adliya bo‘limi tomonidan tumandagi “Yuqori Mo’din” MFYda “Huquqiy mahalla” konsepsiyasi doirasida sayyor qabul tashkil etildi.

Tadbir davomida aholi vakillariga yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-80-sonli Farmoni hamda 2025-yil 3-yanvardagi 1-son Qarori mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Shuningdek, tadbir davomida fuqarolar tomonidan kelib tushgan 10 dan ortiq murojaatlarga huquqiy tushuntirishlar berildi. 5 ta murojaat oʻrganish uchun ish yuritishga olindi.

Bunday uchrashuvlar aholining huquqiy faolligini oshirishga va huquqiy madaniyatni mustahkamlashga xizmat qiladi.

08
Huquqiy targ'ibot kuni

hahrisabzda aholi huquqiy savodxonligini oshirishga bag‘ishlangan  seminar bo‘lib o‘tdi

Tumanning “Namaton” MFYdagi 11-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida "Aholi huquqiy savodxonligini oshirish: muammo va yechimlar" mavzusida seminar tashkil etildi.

Seminar davomida aholiga amaldagi qonunchilik, suvdan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanish,  maishiy chiqindilarni saralash madaniyatini shakllantirish bo‘yicha tushuntirishlar berild

07
Tayinlov

Nortojiyev Xumoy XXX – Chiroqchi tumani adliya bo‘limi boshlig‘i
lavozimidan ozod etilib, 2025-yil 7-iyul kunidan Yakkabog‘ tumani adliya bo‘limi
boshlig‘i lavozimiga o‘tkazildi.

04
Oyning eng yaxshi xodimi


OYNING ENG YAXSHI BOSHQARUV XODIMI ANIQLANDI

“Oyning eng yaxshi boshqaruv xodimi”ni aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan adliya organlarining tegishli Komissiyalari xulosasiga koʻra 2025-yil iyul oyining eng yaxshi xodimi aniqlandi:

Xo‘jamurodov Inomjon Abbos o‘g‘li - Koson tuman adliya bo‘limi bosh maslahatchisi

Ma’lumot uchun: “Oyning eng yaxshi xodimi” ragʻbatlantirish tariqasida bir oylik ish haqi fondi miqdorida pul bilan (bir martalik) mukofotlanadi.

Qashqadaryo viloyat adliya  boshqarmasi ushbu xodimni muborakbod etib, kelgusi faoliyatiga ulkan muvaffaqiyatlar va zafar tilaydi.

04
Tayinlov

#TAYINLOV

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug'i bilan:

- Ergashev Ilhom Murodillayevich - Qarshi shahar adliya bo‘limi  boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

I.Ergashev tayinlovga qadar Koson  tuman adliya bo‘limi boshlig'i lavozimida faoliyat yuritgan.

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi I.Ergashevni tayinlov bilan qutlab, kelgusidagi ishlariga omad va muvaffaqiyatlar tilaydi!

30
Tayinlov

#TAYINLOV

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug'i bilan:

Shokirova Surayyo Ixtiyor qizi - Qarshi tuman adliya bo'limi FHDY bo'limi mudirasi lavozimiga tayinlandi.

S.Shokirova tayinlovga qadar Kasbi tuman FHDY mudirasi lavozimida faoliyat yuritgan.

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi S.Shokirovani tayinlov bilan qutlab, kelgusidagi ishlariga omad va muvaffaqiyatlar tilaydi!

27
Tayinlov

#TAYINLOV

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug'i bilan:

G'ulomov Ma'rufjon Aktamovich - Qamashi tumani adliya bo'limi Davlat xizmatlari markazi direktori lavozimiga tayinlandi.

M.G'ulomov  tayinlovga qadar  Qarshi shahar adliya bo'limi Davlat xizmatlari markazi telefon xizmati ko'rsatish va servis sho'basi servis menejeri  lavozimida faoliyat yuritgan.

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi M.G'ulomovni tayinlov bilan qutlab, kelgusidagi ishlariga omad va muvaffaqiyatlar tilaydi!

26
Mehnat huquqlari

#mehnat_huquqi

Mehnat shartnomasini bekor qilishning o'ziga xos xususiyatlari

Joriy yilning 26-iyun kuni Shahrisabz tuman Adliya bo‘limi hamda Shahrisabz tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish markazi mutaxassislari hamkorligida “Xodimlarning mehnat huquqlari kafolati” huquqiy aksiyasi doirasida muhim tadbir tashkil etildi.

26
Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi" aksiyasi davom etmoqda!

Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi" aksiyasi davom etmoqda!

Adliya vazirligi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan "Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi" aksiyasi doirasida Kitob tuman Adliya bo‘limi FHDY bo‘limi xodimlari tomonidan muhim ijtimoiy muammo yechim topdi.

Fuqarolar O. Gapirov va N. Murodova 15 yildan ortiq birga yashab, ikki nafar farzandga ega bo‘lishlariga qaramay, ayrim sabablarga ko‘ra rasmiy nikohdan o‘tmaganliklari aniqlandi.

Mutasaddi xodimlar tomonidan fuqarolarga huquqiy va amaliy yordam ko‘rsatilib, 2025-yil 25-iyun kuni ularga nikoh tuzilganlik haqida guvohnoma rasmiylashtirildi.

Aksiya davomida aholining hujjatlashtirilmagan holatlari aniqlanib, bartaraf etilmoqda!

Bu kabi tashabbuslar fuqarolarning huquqiy maqomini mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi.

26
Adliya xabari


Adolat qaror topdi: ADLIYAGA RAHMAT!

Nishon tumanidagi Nuriston shaharchasida yashovchi fuqaro K. Pendjiev o‘zining haqiqatga asoslangan, ammo og‘riqli voqeani adliya organlariga murojaat qilish orqali yengib o‘tdi.

Uning aytishicha, Nishon tuman 28-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori R. J tomonidan bosim ostida qolib, o‘z xohishiga qarshi ishdan bo‘shash to‘g‘risida ariza yozishga majbur qilingan. Natijada, u yillar davomida mehnat qilgan, bilim bergan o‘quv maskanidan ajralib qolgan.