Янгиликлар
27
Adliya xabari
#Adliya_aralashgach
Adliya aralashuvi bilan 25 nafar hamshiraning huquqlari tiklandi!
Kasbi tumanida fuqarolarning haqli e’tirozlari adliya organlari aralashuvi bilan o‘z yechimini topdi.
Fuqaro M.Suyunova , N Baxriddinova hamda maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tizimida faoliyat yuritayotgan 25 nafar hamshiralarning mehnatiga haq to‘lash bilan bog‘liq murojaatlari atroflicha o‘rganildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son qarori talablari asosida olib borilgan o‘rganishlar natijasida ularning buzilgan huquqlari tiklandi.
Natijada jami 24 889 725,25 so‘m miqdoridagi ustama pullari to‘lab berilishi ta’minlandi.
Adolat qaror topdi, mehnat qadri e’tirof etildi!