Yangiliklar
#TAYINLOV
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug'i bilan:
- Ergashev Ilhom Murodillayevich - Qarshi shahar adliya bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
I.Ergashev tayinlovga qadar Koson tuman adliya bo‘limi boshlig'i lavozimida faoliyat yuritgan.
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi I.Ergashevni tayinlov bilan qutlab, kelgusidagi ishlariga omad va muvaffaqiyatlar tilaydi!
#TAYINLOV
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug'i bilan:
Shokirova Surayyo Ixtiyor qizi - Qarshi tuman adliya bo'limi FHDY bo'limi mudirasi lavozimiga tayinlandi.
S.Shokirova tayinlovga qadar Kasbi tuman FHDY mudirasi lavozimida faoliyat yuritgan.
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi S.Shokirovani tayinlov bilan qutlab, kelgusidagi ishlariga omad va muvaffaqiyatlar tilaydi!
#TAYINLOV
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug'i bilan:
G'ulomov Ma'rufjon Aktamovich - Qamashi tumani adliya bo'limi Davlat xizmatlari markazi direktori lavozimiga tayinlandi.
M.G'ulomov tayinlovga qadar Qarshi shahar adliya bo'limi Davlat xizmatlari markazi telefon xizmati ko'rsatish va servis sho'basi servis menejeri lavozimida faoliyat yuritgan.
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi M.G'ulomovni tayinlov bilan qutlab, kelgusidagi ishlariga omad va muvaffaqiyatlar tilaydi!
#mehnat_huquqi
Mehnat shartnomasini bekor qilishning o'ziga xos xususiyatlari
Joriy yilning 26-iyun kuni Shahrisabz tuman Adliya bo‘limi hamda Shahrisabz tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish markazi mutaxassislari hamkorligida “Xodimlarning mehnat huquqlari kafolati” huquqiy aksiyasi doirasida muhim tadbir tashkil etildi.
Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi" aksiyasi davom etmoqda!
Adliya vazirligi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan "Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi" aksiyasi doirasida Kitob tuman Adliya bo‘limi FHDY bo‘limi xodimlari tomonidan muhim ijtimoiy muammo yechim topdi.
Fuqarolar O. Gapirov va N. Murodova 15 yildan ortiq birga yashab, ikki nafar farzandga ega bo‘lishlariga qaramay, ayrim sabablarga ko‘ra rasmiy nikohdan o‘tmaganliklari aniqlandi.
Mutasaddi xodimlar tomonidan fuqarolarga huquqiy va amaliy yordam ko‘rsatilib, 2025-yil 25-iyun kuni ularga nikoh tuzilganlik haqida guvohnoma rasmiylashtirildi.
Aksiya davomida aholining hujjatlashtirilmagan holatlari aniqlanib, bartaraf etilmoqda!
Bu kabi tashabbuslar fuqarolarning huquqiy maqomini mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi.
Adolat qaror topdi: ADLIYAGA RAHMAT!
Nishon tumanidagi Nuriston shaharchasida yashovchi fuqaro K. Pendjiev o‘zining haqiqatga asoslangan, ammo og‘riqli voqeani adliya organlariga murojaat qilish orqali yengib o‘tdi.
Uning aytishicha, Nishon tuman 28-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori R. J tomonidan bosim ostida qolib, o‘z xohishiga qarshi ishdan bo‘shash to‘g‘risida ariza yozishga majbur qilingan. Natijada, u yillar davomida mehnat qilgan, bilim bergan o‘quv maskanidan ajralib qolgan.
Qashqadaryo viloyatida joylashgan Yuridik xizmat ko'rsatish markazlari va xizmat ko'rsatiluvchi tashkilotlarga amaliy yordam berilmoqda.
HUQUQIY MAHALLA
"Huquqiy mahalla " konsepsiyasi doirasida "Kaxlak" MFYda joylashgan nodavlat maktabgacha ta'lim muassasida "Huquqiy bilimlar kuni" tashkil etildi.
Muassasa xodimlariga my.go.uz platformasidan foydalanish afzalliklari, masofadan turib davlat xizmatlaridan foydalanish afzalliklari tushuntirildi hamda sayyor davlat xizmatlari ko'rsatildi.
"Huquqiy mahalla" konsepsiyasi doirasida "Kaxlak" MFYda ijtimoiy xodim hamkorligida ijtimoiy himoya reestirida turuvchi fuqarolarning tibbiy ko'rigi tashkil etilib, ularning imtiyozlardan foydalanish ahvoli hamda huquqiy muammolari o'rganildi, huquqiy va tibbiy maslahatlar berildi.
Qarshi shahrida "E-huquqshunos" elektron tizimi orqali avtomatlashtirilgan hujjat loyihalarini yaratish hamda "Yurist AI" chat-boti imkoniyatlarini tushuntirishga qaratilgan seminar tashkil etildi.
33 YILLIK ORZULAR USHALDI!
Qamashi tuman FHDY bo‘limi tomonidan o‘tkazilayotgan “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” aksiyasi doirasida navbatdagi ezgu ish amalga oshirildi.