Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Adliya xabari


Qarshi shahrida "E-huquqshunos" elektron tizimi orqali avtomatlashtirilgan hujjat loyihalarini yaratish hamda "Yurist AI" chat-boti imkoniyatlarini tushuntirishga qaratilgan seminar tashkil etildi.

????Belgilangan reja-grafikka asosan Adliya vazirligi Yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi mas'ul xodimlaridan iborat ishchi guruh Yuridik xizmat ko'rsatish markazlari hamda xizmat ko'rsatiluvchi tashkilotlarga amaliy yordam berish maqsadida Qashqadaryo viloyatida xizmat safarida bo'lib turibdi.

????Mazkur xizmat safari doirasida tashkilotlarning "E-huquqshunos" elektron tizimi bilan ishlashga mas'ul xodimlari uchun seminar tashkil etildi.

????Seminar davomida Adliya vazirligi tomonidan sohani raqamlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, xususan hujjat loyihalarini avtomatlashtirilgan tarzda ishlab chiqish tartibi hamda "Yurist AI" chat-boti imkoniyatlari to'g'risida batafsil tushuntirish berildi.

????Sohaga joriy etilayotgan innovatsiyalar  tashkilotlar tomonidan hujjat loyihasini tayyorlashga sarflanadigan vaqtni optimallashtirishi hamda hujjat sifatini yanada oshirishi ishtirokchilar tomonidan e'tirof etildi.

????Seminar davomida tashkilotlarning mas'ul xodimlari tomonidan berilgan savollarga javob berilib, tizimni takomillashtirish yuzasidan bildirilgan takliflar yurituvga qabul qilinishi ta'minlandi.

????Markaz hamda tashkilotlarga amaliy yordam berishga qaratilgan tadbirlar davom etmoqda.