Yangiliklar
#adliya xabari
ENG YAXSHI HUQUQ O‘QITUVCHISI G‘OLIBLARI ANIQLANDI!
Adliya vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining qo‘shma qaroriga asosan umumta’lim maktablarining huquq fani o‘qituvchilari o‘rtasida ilk bor o‘tkazilgan “Eng yaxshi huquq o‘qituvchisi” tanlovi o‘z yakuniga yetdi.
Mazkur tanlov huquqiy savodxonlikni oshirish, o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini qo‘llab-quvvatlash hamda ta’lim tizimida ilg‘or tajribalarni ommalashtirishga xizmat qilmoqda.
#Sayyor_qabul
Mirishkor tumanining “Yangi Mirishkor” MFY da Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan aholi va tadbirkorlar murojaatlarini tinglash maqsadida sayyor qabul bo‘lib o‘tmoqda. Unda boshqarma boshlig‘i S. Nuriyev hamda tegishli mas’ul tashkilotlar vakillari ishtirok etmoqda.
#TAYINLOV
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug'i bilan:
Begimov Anvar Xurramovich – Chiroqchi tuman adliya bo‘lim Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
#Adliya_aralashgach
Adliya aralashuvi bilan 25 nafar hamshiraning huquqlari tiklandi!
#ADLIYA_HUDUD
Sayyor xizmat — aholiga qulaylik va yechim!
Joriy yilning 24-aprel sanasida Muborak tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan Muborak tumanidagi “Mash’al” mahallasida yashovchi fuqarolar uchun sayyor davlat xizmatlari tashkil etildi.
#Sayyor_qabul
ADLIYA SIZNI ESHITADI
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati tomonidan Kasbi tumanidagi Istirohat bog’ida jismoniy va yuridik shaxslar uchun sayyor qabul o‘tkazildi.
Sayyor qabulda Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i S.Nuriyev, Kasbi tumani hokimi To’xtamurod Meyliyev , shuningdek, soha mutasaddilari ishtirok etishdi.
Adliya – xalq xizmatida: Navbahor mahallasida sayyor xizmatlar tashkil etildi!
Bugun Kitob tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan tumanning "Navbahor" mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolar uchun targ‘ibot tadbiri doirasida sayyor davlat xizmatlari tashkil etildi.
#Adliya_yoshlar
Muborak tuman adliya bo'limi tomonidan Madaniyat markazida yoshlar ishtirokida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi.
* Uchrashuv davomida yoshlar bilan samimiy suhbat olib borilib, ularning fikr va tashabbuslari tinglandi. Ayniqsa, Davlat xizmatlari markazining faoliyati, fuqarolarga yaratilgan qulayliklar, zamonaviy xizmat ko‘rsatish tizimi hamda markazda yaratilgan shart-sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
* Shuningdek, rahbarlik mas’uliyati, davlat xizmatchilarining vazifalari, ularning kundalik faoliyati va aholiga sifatli xizmat ko‘rsatishdagi o‘rni haqida tushunchalar berildi. Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.
* Mazkur uchrashuv yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirish, davlat xizmatlari tizimi haqida kengroq tasavvurga ega bo‘lishlari hamda kelajakda yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishlariga xizmat qiladi.
#huquqiy_targ'ibot
Maktabda amaliy huquq darsi
Chiroqchi tumanidagi 49-maktabning "Huquq" sinfi o'quvchilari uchun Jinoyat ishlari bo'yicha tuman sudi tergov sudyasi N. Eshqobilov ishtirokida ochiq muloqot bo'lib o'tdi.
Dars davomida qonun ustuvorligi, sud tizimi va yoshlar o'rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish mavzularida hayotiy misollar asosida suhbatlashildi. O'quvchilar amaliyotchi mutaxassisdan o'zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.
SUD TIZIMIDA KORUPPSIYAGA QARSHI KURASHISHDA AMALIY YONDOSHUVLAR
Sud tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish masalasi har qanday huquqiy davlat uchun ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Chunki sud tizimidagi korrupsiya nafaqat adolat tamoyillarini buzadi, balki jamiyatda qonun ustuvorligiga bo‘lgan ishonchni ham keskin pasaytiradi. Shu bois ushbu sohada samarali va amaliy yondashuvlarni joriy etish dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Avvalo, korrupsiyaga qarshi kurashishda profilaktika choralariga alohida e’tibor qaratish zarur. Ya’ni korrupsiya sodir bo‘lishining oldini olish, uning ildizlarini bartaraf etish muhimdir. Buning uchun sudyalar va sud xodimlarini tanlash jarayonini yanada shaffof qilish, ularning daromadlari va mol-mulkini deklaratsiya qilish tizimini joriy etish maqsadga muvofiq. Bu orqali noqonuniy boyish holatlarining oldi olinadi.
Ikkinchi muhim yo‘nalish — sud tizimida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashdir. Sud majlislarining ochiq o‘tkazilishi, sud qarorlarining e’lon qilinishi va ularning keng jamoatchilik uchun ochiq bo‘lishi korrupsiyaviy holatlarni kamaytiradi. Ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati institutlarining sud jarayonlarini kuzatish imkoniyatiga ega bo‘lishi ham muhim omil hisoblanadi.
Zamonaviy texnologiyalarni joriy etish ham korrupsiyaga qarshi kurashishda samarali vosita hisoblanadi. Elektron sud tizimi, onlayn ariza topshirish, ishlarni avtomatik taqsimlash kabi mexanizmlar inson omilini kamaytiradi va noqonuniy aralashuvlarning oldini oladi. Ayniqsa, ishlarni sudyalar o‘rtasida avtomatik taqsimlash tizimi manfaatlar to‘qnashuvini kamaytirishda muhim rol o‘ynaydi.
Bundan tashqari, sudyalar va sud xodimlarining moddiy ta’minotini yaxshilash ham muhim amaliy yondashuvlardan biridir. Yetarli darajada ijtimoiy himoya va munosib ish haqi korrupsiyaga moyillikni kamaytiradi. Shu bilan birga, ularning kasbiy etikasi va mas’uliyatini oshirishga qaratilgan treninglar va malaka oshirish dasturlarini muntazam o‘tkazish lozim.
Javobgarlik muqarrarligini ta’minlash ham alohida ahamiyatga ega. Korrupsiyaviy jinoyatlar sodir etgan sud xodimlariga nisbatan qat’iy va muqarrar choralar ko‘rilishi kerak. Bu esa boshqalarga nisbatan ogohlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Shu bilan birga, anonim murojaatlar va “ishonch telefonlari” orqali fuqarolarning shikoyatlarini qabul qilish tizimini rivojlantirish ham korrupsiyani aniqlashda yordam beradi.
Mamlakatimiz Rahbari Shavkat Mirziyoyevning 2025-yil uchun Oliy Majlisga murojaatnomasida korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida alohida ta’kidlandi. Ushbu murojaatnomada korrupsiya taraqqiyotga jiddiy to‘sqinlik qiluvchi omil sifatida baholanib, unga qarshi kurashishda yangi, tizimli yondashuvlar belgilab berildi.
Avvalo, Prezident korrupsiyaga qarshi kurashishda faqat jazolash choralariga tayanib qolmasdan, uning ildiz sabablarini bartaraf etish zarurligini qayd etdi. Shu maqsadda davlat boshqaruvida ochiqlikni kuchaytirish, byurokratik to‘siqlarni kamaytirish va inson omilini qisqartirish orqali korrupsiyaviy xavflarni kamaytirish asosiy vazifa etib belgilandi.
Murojaatnomada davlat xizmatlarini raqamlashtirishga alohida urg‘u berildi. Elektron hukumat tizimlarini kengaytirish, davlat xizmatlarini onlayn shaklga o‘tkazish orqali mansabdor shaxs va fuqaro o‘rtasidagi bevosita aloqani kamaytirish korrupsiyaga qarshi samarali vosita sifatida ko‘rsatildi. Bu yondashuv inson omili bilan bog‘liq noqonuniy kelishuvlar ehtimolini sezilarli darajada pasaytiradi.
Shuningdek, sud-huquq tizimida korrupsiyani bartaraf etish muhim yo‘nalish sifatida qayd etildi. Sudlar faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, sudyalar mustaqilligini mustahkamlash hamda ularning mas’uliyatini oshirish orqali tizimni “korrupsiyadan xoli hudud”ga aylantirish vazifasi qo‘yildi. Sud qarorlarining ochiqligi va jamoatchilik nazorati bu borada muhim omil sifatida tilga olindi.
Bundan tashqari, murojaatnomada davlat xizmatchilarining daromad va mol-mulkini deklaratsiya qilish tizimini joriy etish, manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish mexanizmlarini kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi. Bu esa korrupsiyaning yashirin shakllarini aniqlash va oldini olishga xizmat qiladi.
Xulosa qilib aytganda, sud tizimida korrupsiyaga qarshi kurashishda faqat jazolash choralariga tayanish yetarli emas. Profilaktika, ochiqlik, raqamlashtirish, ijtimoiy ta’minot va javobgarlik mexanizmlarini uyg‘un holda qo‘llash orqali samarali natijalarga erishish mumkin. Bu esa sud tizimining nufuzini oshiradi, fuqarolarning adolatga bo‘lgan ishonchini mustahkamlaydi va jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Termiz tumanlararo sudi sudyasi B.Axmedov