Янгиликлар
26
adliya xabari
Adliya sayillari: Huquqiy islohotlar xalq ichida!
Viloyati bo‘ylab aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, tizimdagi tub islohotlarni keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida ommaviy "Adliya sayillari" o‘tkazilmoqda. Tuman va shahar markazlarida yuqori kayfiyatda tashkil etilayotgan ushbu tadbirlar shunchaki bayram emas, balki xalq bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot maydoniga aylanib ulgurdi.
Sayillar doirasida aholi uchun eng zarur bo‘lgan sayyor qabullar yo‘lga qo‘yilib, fuqarolarning muammolari joyida o‘rganilmoqda va ularga huquqiy yechimlar izlanmoqda. Shu bilan birga, jarayonda malakali advokatlar, tajribali notariuslar hamda FHDY organlari mutaxassislari tomonidan bepul huquqiy maslahatlar berilayotgani ko‘pchilikning og‘irini yengil qilmoqda. Fuqarolarga yanada qulaylik yaratish maqsadida mobil avtobuslar orqali sayyor davlat xizmatlari ham ko‘rsatilib, idorama-idora sarson bo‘lishlarning oldi olinmoqda.
Tadbirlarning madaniy qismi ham boy bo‘lib, undan joy olgan huquqiy viktorinalar yoshlarning bilimini sinovdan o‘tkazayotgan bo‘lsa, milliy hunarmandlar ko‘rgazmasi sayilga o‘zgacha ko‘rk va fayz bag‘ishlamoqda.
E’tiborli jihati, aholiga maksimal darajada qulaylik yaratish va jarayonning ommaviyligini ta’minlash maqsadida, ayrim hududlarda tadbirlar odamlar eng ko‘p yig‘iladigan maskanlar — Davlat xizmatlari markazlarining muhtasham binolarida ham yuqori saviyada tashkil etildi.