Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

08
adliya xabari

#tabrik

OYNING ENG YAXSHI BOSHQARUV XODIMI ANIQLANDI

“Oyning eng yaxshi boshqaruv xodimi”ni aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan adliya organlarining tegishli Komissiyalari xulosasiga koʻra, 2026-yil avgust oyining eng yaxshi xodimi aniqlandi:

Aliboyev Ubaydulla Normamatovich - Notariat, advokatura va nizolarni muqobil hal qilish sho'basi bosh maslahatchisi.

Ma’lumot uchun: “Oyning eng yaxshi xodimi” ragʻbatlantirish tariqasida bir oylik ish haqi fondi miqdorida pul bilan (bir martalik) mukofotlanadi.

Qashqadaryo viloyat adliya  boshqarmasi U.Alibayevni muborakbod etib, kelgusi faoliyatiga ulkan muvaffaqiyatlar va zafarlar tilaydi.

07
adliya xabari

ADLIYA OLIS HUDUDLARDA

Joriy yilning 4-sentabr kuni Kitob tumani FHDY bo‘limi, IIB, tuman prokuraturasi, tuman Xotin-qizlar bo'limi hamda viloyat kengashi deputati G.Sattorova hamkorligida tumanning olis hududlaridan biri  "Matmon" qishlog‘ida sayyor qabul tashkil etildi.

Sayyor qabul davomida aholi, xususan, xotin-qizlarning murojaatlari tinglanib, ularni qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan tegishli tushuntirish va amaliy yordamlar ko‘rsatildi.

Tadbir davomida nikoh shartnomasining huquqiy ahamiyati, erta turmush qurishning oldini olish, shuningdek, xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Fuqarolarga ushbu yo‘nalishlarda huquqiy tushunchalar berilib, profilaktik targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.

Mazkur sayyor qabul aholi bilan bevosita muloqotni yo‘lga qo‘yish, xotin-qizlarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda ularning muammolarini joyida o‘rganish va hal etishga xizmat qildi.

03
adliya xabari

#yarmarka

???? 16-SENTYABR — QASHQADARYO VILOYAT SUDIDA KITOB YARMARKASI

???? 16-sentyabr kuni soat 10:00 dan 16:00 gacha Qashqadaryo viloyat sudi binosida yuridik adabiyotlar savdo yarmarkasi o‘tkaziladi.

Yarmarkada yangi nashrdan chiqqan:

???? kodekslar;
???? sharhlar;
???? huquqiy qo‘llanmalar;
???? boshqa yuridik adabiyotlarni xarid qilishingiz mumkin.

Yarmarkaga sudyalar va sud xodimlari, prokuratura, ichki ishlar, adliya organlari, DXM, FHDYO va yuridik xizmat xodimlari, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxona va tashkilotlar vakillari taklif etiladi.

???? Qashqadaryo viloyat sudi
???? 16-sentyabr | 10:00–17:00

???? Onlayn xarid: adolatmarkazi.uz

• Murojaat uchun:
@Adolatnashr_Marketing
+998 71 280 55 47
+998 55 510 47 86

???? Yuridik adabiyotlarga qiziquvchi hamkasblaringizga ham ulashing.

03
adliya xabari

#Hokimlik_soati

Konstitutsiyaviy qonun — muhim huquqiy asos

Kasbi tuman adliya bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risidagi Konstitutsiyaviy qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilikka tushuntirish maqsadida targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.
Tadbirlar davomida mazkur Konstitutsiyaviy qonunning asosiy maqsadi va vazifalari, shuningdek, davlat boshqaruvi tizimidagi o‘rni va ahamiyati haqida ishtirokchilarga batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, qonunda belgilangan muhim huquqiy normalar, ularning amaliy ahamiyati hamda davlat boshqaruvi samaradorligini ta’minlashdagi o‘rni yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga Kasbi tuman adliya bo‘limi mutaxassislari tomonidan batafsil va huquqiy asoslangan javoblar berildi.

03
adliya xabari



Hurmatli tadbirkorlar!

Qashqadaryo viloyatida savdo sohasida muhim tashabbus —
“Kontrafaktsiz savdo obyekti” loyihasi amalga oshirilmoqda!

???? Mazkur loyiha orqali siz savdo faoliyatingizni qonuniy, shaffof va ishonchli tarzda yo‘lga qo‘yib, maxsus “Kontrafaktsiz obyekt” maqomini qo‘lga kiritishingiz mumkin.

Loyihada ishtirok etish sizga quyidagi imkoniyatlarni beradi:

???? Ishonch va obro‘ oshadi
???? Xaridorlar soni ko‘payadi
???? Raqobatda ustunlikka ega bo‘lasiz
????Tekshiruvlarda yengillik yaratiladi
????Jarima xavfi kamayadi
????Barqaror va qonuniy biznes rivojlanadi.

???? O‘rganish natijasiga ko‘ra, kontrafakt holati aniqlanmagan savdo obyektlariga “Kontrafaktsiz savdo obyekti” SERTIFIKATI  va YORLIG‘I beriladi.

⚡️ Batafsil ma’lumot olish uchun:
⚖️ Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasiga murojaat qiling!
????97 140 60 47 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qiling!

Halol savdo — ishonch kafolati!
Siz ham “Kontrafaktsiz savdo obyekti” maqomiga ega bo‘ling!

????Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating❗️

02
adliya xabari

#ADLIYA_ARALASHGACH

Tasavvur qiling: foydalanmayotgan yer uchun sizdan 1 milliard 334 million so‘mdan ortiq soliq talab qilinmoqda.
Eng qizig‘i, bu yer allaqachon tuman hokimligi zaxira fondiga o‘tkazilgan.
Muborak tumanida yashovchi fuqaro K. Saidov ham aynan shunday holatga duch keldi.

U o‘z huquqlarini tiklash maqsadida Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasiga murojaat qildi.
Murojaat adliya organi tomonidan o‘rganilib, soliq organiga tegishli taqdimnoma kiritildi.

Natijada fuqaro zimmasiga asossiz yuklangan 1 milliard 334 million 633 ming 333 so‘mlik soliq qarzdorligi bekor qilindi.

Bu holat yana bir bor shuni ko‘rsatadiki:
Huquqingiz buzildimi? Uni tiklashning qonuniy imkoniyati bor.

02
adliya xabari

#adliya_hudud

Bilimlar kuni munosabati bilan Mustaqillik darsi o'tildi.

Nishon tumani adliya bo‘limiga reja asosida biriktirilgan tumanning Samarqand MFY hududida joylashgan 29-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida Bilimlar kuni munosabati bilan tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda yangi maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘ygan 1-sinf o‘quvchilariga Prezident sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.

Shuningdek, tadbir davomida maktabning 5-, 6-, 7-, 9- va 11-sinf o‘quvchilari bilan alohida sinflarda “Konstitutsiya, huquq va majburiyat” mavzusida huquqiy targ‘ibot uchrashuvlari tashkil etildi.

Uchrashuvlar davomida o‘quvchilarga Konstitutsiyada belgilangan huquq va majburiyatlar, ularning kundalik hayotdagi ahamiyati hamda qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash masalalari yuzasidan tushunchalar berildi.

????Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating❗️

29
adliya xabari

???????? MUSTAQILLIK BAYRAMI MUBORAK BO‘LSIN!

Aziz yurtdoshlar!

Barchangizni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbimizdan muborakbod etaman!

Mustaqillik — xalqimizning bebaho qadriyati, erkin va farovon hayotimizning mustahkam poydevoridir. Bugun yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, bunyodkorlik va yangilanishlar Vatanimiz taraqqiyoti sari dadil qadamlarimizning yorqin ifodasidir.

Ushbu qutlug‘ ayyomda barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik, baxt-saodat va farovonlik tilaymiz. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz hamisha omon va birdam bo‘lsin!

Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
Yangi O‘zbekistonimiz ravnaq topaversin!

???????? Mustaqillik bayrami muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig’i S.Nuriyev


29
adliya xabari

#Mustaqillik_35_yil
 MUSTAQILLIKNING 35 YILLIGI MUNOSABATI BILAN ADLIYA XODIMLARI TAQDIRLANDI

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz" shiori ostida bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbir avvalida Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i S. Nuriyev so‘zga chiqib,  mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida fikr bildirdi. Shuningdek, huquqiy islohotlarni hayotga tatbiq etishda adliya organlarining muhim o‘rni haqida alohida ta’kidladi.

Shundan so‘ng bayram munosabati bilan tizimda samarali mehnat qilib kelayotgan bir guruh xodimlarga O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi "Esdalik nishoni", O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi "Esdalik qo'l soati", Adliya vazirligining Faxriy yorlig'i hamda Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig'ining  faxriy yorliqlari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

???????? Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!

28
adliya xabari

ADLIYA TIZIMIDA KO‘P YILLAR FAOLIYAT YURITGAN FAXRIYLAR E’ZOZLANDI

Bayram tadbiri doirasida adliya tizimida ko‘p yillar davomida samarali va fidokorona mehnat qilgan, soha rivojiga munosib hissa qo‘shgan adliya faxriylarini kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida uzoq yillar davomida tizimda faoliyat yuritgan faxriylarning ko‘p yillik mehnat faoliyati, sohaga qo‘shgan munosib hissasi va boy hayotiy hamda kasbiy tajribasi alohida e’tirof etildi.

Adliya tizimi jamoasi tomonidan faxriylarga sohada ko‘p yillar davomida qilgan samarali mehnatlari uchun samimiy minnatdorlik bildirilib, ularga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, uzoq umr va farovon hayot tilaklari izhor etildi.