Yangiliklar
#adliya_hudud
Chiroqchi tuman adliya bo‘limi tomonidan "Ko'ktosh" va Obod MFYlarida yashovchi fuqarolar uchun huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda, qonunchilikdagi yangiliklar, O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 8-avgustdagi O‘RQ-1080-son hamda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgust kunidagi "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida"gi O'RQ-1083-son qonuni mazmun-mohiyati tushintirildi.
Shuningdek, aholiga 20 dan ortiq sayyor davlat xizmatlari ko'rsatildi.
#E'tirof
⭐️Qashqadaryoda o'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo'lgan huquqlari e'tirof etilgan fuqarolar soni jami 5244 nafarga yetdi.
⭐️ Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining 7-chaqiriq 19-sessiyasida qabul qilingan qarori bilan viloyatning bir qator tuman va shaharlarida istiqomat qiluvchi yana 1388 nafar fuqarolarning mulk huquqlari qonuniy tartibda e’tirof etildi.
#adliya_yoshlar
????Qarshi shahridagi huquq sinfida Qarshi shahar adliya bo’limi tashabbusi bilan “Zakovat” intellektual tadbiri o‘tkazildi.
✅Tadbir davomida o‘quvchilar huquqiy bilimlari, mantiqiy fikrlashi hamda jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini namoyon etdilar. Savol-javoblar qizg‘in bahslar asosida o‘tdi va ishtirokchilarda huquq sohasiga bo‘lgan qiziqish yanada oshdi.
✅ tadbir yoshlarning huquqiy savodxonligini yuksaltirish, ularni qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qildi hamda Adliya vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan “Huquq sinfi” loyihasining amaliy samaralarini yana bir bor namoyon etdi.
????Kanalga ulanish✔️
https://t.me/qashqadaryoviloyatadliya
#adliya_aralashgach
????Qamashi tuman adliya bo‘limi tomonidan Chernobil halokati oqibatlarini tugatish ishlari bilan bog‘liq zararlangan hududda ishlagan 2 nafar fuqaroning buzilgan huquqlari tiklandi.
????Sayyor qabullar davomida Qamashi tumanida yashovchi I. Qurbonov va N. Begimqulov pensiyalarining asossiz ravishda 50 foizga kamaytirilgani yuzasidan murojaat qildilar. O‘rganishlar natijasida ular 1986 yilda Chernobil halokati oqibatlarini tugatish ishlarida ishtirok etgan va II-guruh nogironlari ekanligi aniqlandi.
????Ma’lum bo‘lishicha, fuqarolar 2024 yil may oyiga qadar pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining 8 baravari miqdorida pensiya olib kelgan, biroq Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Qamashi tuman bo‘limi tomonidan pensiya miqdori 4 baravarga kamaytirilgan.
????Mazkur holat yuzasidan Qamashi tuman adliya bo‘limi tomonidan hujjatlar Qarshi tumanlararo ma’muriy sudiga yuborildi. Sud tomonidan da’vo qanoatlantirilib, pensiyani bazaviy miqdorning 8 baravari asosida qayta tayinlash hamda 2024 yil may oyidan boshlab kamaytirilgan mablag‘larni qaytarish majburiyati yuklatildi.
????Hozirda tuman adliya bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.
????Kanalga ulanish✔️
https://t.me/qashqadaryoviloyatadliya
#Adliya_xabari
????O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-noyabrdagi PF–214-son Farmoni — *“Biznes yuritishni hamda litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirishga doir navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”*gi hujjat ijrosi yuzasidan Qarshi tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi tomonidan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
????Tadbirlar davomida tadbirkorlarga Farmon bilan joriy etilgan yangiliklar, litsenziya va ruxsat berish tartib-taomillarining soddalashtirilgan mexanizmlari hamda davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
#Adliya_xabari
⚡️“Biznesni 15 daqiqada boshlash” tamoyili amalda
????Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarini huquqlarini himoya qilish bo'yicha vakil devoni Qashqadaryo viloyat bo'yicha sho'basi va Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-noyabrdagi PF-214-son Farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida “Biznesni 15 daqiqada boshlash” tamoyilining mazmun-mohiyatini tushuntirish yuzasidan tadbirkorlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Suhbatlar davomida yangi jarayonning qulayliklari, biznesni ro‘yxatdan o‘tkazishda ortiqcha byurokratik tartib-taomillar qisqartirilgani va xizmatlar tezlashtirilgani haqida ma'lumotlar berildi.
Tadbirkorlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga joyida javob oldilar.
Kanalga ulanish????????????
https://t.me/qashqadaryoviloyatadliya
#Adliya_xabari
Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi va viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Qarshi davlat texnika universiteti hamkorligida “Patent-axborot qidiruviga oid tavsiyalar” mavzusida seminar boʻlib oʻtdi.
Tadbir davomida, universitet rektori Sherzod Neʼmatov va Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi rahbari Bahodir Saʼdullayev ishtirokida hamkorlik memorandumi imzolandi.
#Adliya_xabari
✅Adliya vazirligi ishchi guruhi tomonidan Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasida tizimdagi xodimlar ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish yuzasidan seminar tashkil etildi.
✅Tadbirda Adliya vazirligining Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati, Adliya vazirligi tizimidagi manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish to‘g‘risidagi nizom va boshqa korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha adliya vaziri tomonidan tasdiqlangan ichki qoidalarga rioya qilish shartligi tushuntirildi.
✅Shuningdek, xodimlarga, odob-axloq va kasb etikasi qoidalariga rioya qilishlari ta'kidlab o‘tildi.
Kanalga ulanish????????????
https://t.me/qashqadaryoviloyatadliya
#Adliya_xabari
Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi va viloyat adliya hamda Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasining masʼul xodimlari tomonidan “Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va boshqa intellektual mulk obyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish tartiblari va afzalliklari” xususida tadbirkorlik subyektlari, hunarmandlar va oʻz intellektual mulkiga muhofaza hujjatini olishda qiynalayotgan shaxslar ishtirokida sayyor qabul boʻlib oʻtdi.
Bundan tashqari adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” DM rahbari va masʼul xodimlari ishtirokida aholi va tadbirkorlar oʻrtasida soha boʻyicha yigʻilgan savollarga javoblar berishdi.
Tadbir ishtirokchilari oʻzlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar olishdi va oʻz intellektual mulk obyektlarini roʻyxatdan oʻtkazishlarida amaliy yordamlar koʻrsatildi.
Kanalga ulanish????????????
https://t.me/qashqadaryoviloyatadliya
#adliya_xabari
KUZATUV
Ismatov Samariddin Abdujalilovich yangi lavozimga kuzatildi
⚡️Viloyat adliya boshqarmasining Moliya-iqtisod sho‘basi boshlig‘i Ismatov Samariddin Abdujalilovich Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutiga ishga qabul qilinishi munosabati bilan boshqarmada tantanali kuzatuv tadbiri bo‘lib o‘tdi.
⭐️Tadbirda Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i
S. Nuriyev, shuningdek, jamoa a’zolari so‘zga chiqib, S. Ismatovning adliya tizimidagi samarali mehnat faoliyati, qisqa fursat ichida erishgan yutuqlari, mas’uliyatli va fidoyi mehnatini alohida e’tirof etdilar.
So‘zga chiqqanlar Samariddin Abdujalilovichni yangi lavozimi bilan samimiy qutlab, kelgusi ish faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, omad va zafarlar tilashdi.
✅ Adliya boshqarmasi jamoasi Samariddin Abdujalilovichning kelgusidagi mas’uliyatli faoliyatida ham yuksak natijalarga erishishiga ishonch bildiradi va unga omad tilaydi.