Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

04
adliya aralashgach

#Adliya_aralashgach

Viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 13 nafar texnikum o‘qituvchilariga 209,4 million so‘m ustama pullari undirib berildi

Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasiga Qashqadaryo ilg‘or kasbiy mahorat texnikumining bir guruh o‘qituvchilari tomonidan murojaat kelib tushdi.

Murojaat Inson huquqlarini himoya qilish sho'basi tomonidan o‘rganilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-oktabrdagi “Kasbiy taʻlim tizimida islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  PQ-316-son qarori asosida texnikumning 13 nafar o‘qituvchilariga joriy yilning yanvar oyidan buyon lavozim maoshiga belgilangan 100 foiz miqdoridagi oylik ustama pullari to‘lanmay kelinayotganligi aniqlandi.

Natijada aniqlangan qonunbuzilishi holati yuzasidan Qashqadaryo viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasiga taqdimnoma kiritildi hamda 13 nafar texnikum o‘qituvchilarining jami 209 400 000 so‘m ustama pullari undirib berildi.

Adliya organlari fuqarolar va xodimlarning qonuniy huquq hamda manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlarni izchil davom ettirmoqda.

03
Adliya xabari

#Adliya_aralashgach

Adliya aralashuvi bilan fuqaroning fuqarolikni rasmiylashtirishiga huquqiy asos yaratildi

????Qashqadaryo viloyati, Kitob tumanida yashovchi fuqaro uzoq yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini rasmiylashtira olmay kelgani sababli adliya organlariga murojaat qildi.

????O‘rganishlar davomida fuqaro mustaqillikdan keyin ham sobiq O‘zbekiston SSR pasportidan foydalanib kelgani va shu bois fuqarolik masalasini rasmiylashtirishda qator muammolarga duch kelgani aniqlandi.

????Fuqaro manfaatlarini ko‘zlab adliya bo‘limi tomonidan sudga O‘zbekiston Respublikasida 1991-yildan buyon doimiy yashab kelganlik faktini belgilash to‘g‘risida da’vo arizasi kiritildi.

????Sud tomonidan da’vo talablari qanoatlantirilib, fuqaroning 1991-yildan buyon O‘zbekiston hududida doimiy yashab kelganlik fakti belgilandi.

Natijada fuqaroning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini rasmiylashtirishi hamda milliy pasport olishi uchun zarur huquqiy asos yaratildi.

Adliya organlari tomonidan fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.

03
Adliya xabari

#adliya_xabari

????????Qashqadaryoda 12 mingga yaqin uy-joylarga egalik huquqi berildi

????Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasida fuqarolarning yer uchastkasiga bo'lgan ijara huquqini hamda unda qurilgan bino va inshootga bo'lgan mulk huquqini eʼtirof etish masalasi ko'rib chiqildi.

❗️Mazkur sessiyada jami 552 nafar (https://t.me/Qashkadastrpress/18369) fuqaroning yer va mulkka bo'lgan huquqlarini e'tirof etish bo'yicha kengash qarori qabul qilindi.

Endi ushbu xonadon egalari Davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat qilib, o‘z uy-joylarining kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

❗️E’tiborlisi, bugungi kunga qadar Qashqadaryo viloyatida 11 749 ta uy-joylarga nisbatan egalik huquqi rasmiy tan olindi.

03
Adliya xabari

#adliya_aralashgach

20 yoshli fuqaro ilk bor tug‘ilganlik haqidagi guvohnomaga ega bo‘ldi

✔️Qashqadaryo viloyati Kitob tumani Yangiariq mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro S. Xurramova 20 yoshida ilk bor tug‘ilganlik haqidagi guvohnomani qo‘lga kiritdi.

✔️Ma’lum bo‘lishicha, fuqaroning onasi og‘ir kasallik sabab vafot etganligi tufayli uning tug‘ilishi o‘z vaqtida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan. Natijada Sevinch Qudratovna uzoq yillar davomida tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasiz yashab kelgan.

✔️Tegishli huquqiy yordam va ko‘maklar natijasida fuqaroning tug‘ilishi belgilangan tartibda qayd etilib, Kitob tuman FHDY bo’limi tomonidan tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma topshirildi.

Ma’lumot uchun: O‘zbekistonda 16 yoshdan oshgan va tug‘ilishi o‘z vaqtida qayd etilmagan shaxslarning tug‘ilganligi sud qarori asosida ro‘yxatga olinadi.

03
Adliya xabari

#tabrik

OYNING ENG YAXSHI BOSHQARUV XODIMI ANIQLANDI

“Oyning eng yaxshi boshqaruv xodimi”ni aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan adliya organlarining tegishli Komissiyalari xulosasiga koʻra, 2026-yil may oyining eng yaxshi xodimi aniqlandi:

Muhammadiyev Rustam Zayniddinovich - Shahrisabz tuman adliya bo'limi boshlig'i

Ma’lumot uchun: “Oyning eng yaxshi xodimi” ragʻbatlantirish tariqasida bir oylik ish haqi fondi miqdorida pul bilan (bir martalik) mukofotlanadi.

Qashqadaryo viloyat adliya  boshqarmasi R.Muhammadiyevni muborakbod etib, kelgusi faoliyatiga ulkan muvaffaqiyatlar va zafar tilaydi.

????Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating❗️

02
Adliya xabari

#Adliya_xabari

Qamashi tumanining Chim MFYda sayyor qabul o‘tkazildi!

????O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-son Farmoni, 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-son qarori hamda Bosh vazirning 2025-yil 27-maydagi topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Qamashi tumanining Chim MFY hududida sayyor qabul tashkil etildi.

????Tadbir davomida fuqarolarga murojaatlar bilan ishlash tizimi, jinoyatchilikning salbiy oqibatlari, huquqbuzarliklarning oldini olish, oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish hamda notinch oilalar bilan ishlash masalalari yuzasidan manzilli tushuntirishlar berildi.

????Shuningdek, sayyor qabulda ishtirok etgan 50 nafardan ortiq jismoniy va yuridik shaxslarning davlat xizmatlari ko‘rsatish jarayonidagi mavjud muammolar, tizimli masalalar yuzasidan fikr-mulohazalari va takliflari tinglandi.

????Qabul jarayonida mas’ul tashkilotlar tomonidan 50 dan ortiq fuqaro murojaati ko‘rib chiqildi. Jumladan, 16 nafar fuqaroga joyida huquqiy tushuntirish berildi, 8 ta murojaat joyida ijobiy hal etildi.

????Qo‘shimcha o‘rganish talab etilgan 21 ta murojaat belgilangan tartibda ish yurituvga olinib, ijrosi nazoratga qo‘yildi.

01
Adliya xabari

#adliya_aralashgach

Yillar davomida yechilmay kelgan muammo adliya aralashuvi bilan hal etildi!

Kitob tumani Paxtaobod MFY Jarqo‘rg‘on qishlog‘ida yashovchi fuqaro N. Qurbonovna uzoq yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini rasmiylashtira olmay kelayotgan edi.

1974-yilda Kitob tumanida tug‘ilgan fuqaro huquqiy savodxonligi yetarli bo‘lmagani sababli mustaqillikdan keyin ham sobiq O‘zbekiston SSR pasportidan foydalanib kelgan. Bu esa unga fuqarolik masalasini rasmiylashtirishda qator qiyinchiliklarni keltirib chiqargan.

Yordam so‘rab Kitob tuman adliya bo‘limiga murojaat qilgan fuqaroning holati o‘rganilib, uning manfaatlarini ko‘zlab Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shahrisabz tumanlararo sudiga O‘zbekiston Respublikasida 1991-yildan buyon doimiy yashab kelganlik faktini belgilash to‘g‘risida da’vo arizasi kiritildi.

Sud tomonidan adliya bo‘limining da’vosi qanoatlantirildi va fuqaro N.Ruzikulovaning 1991-yildan buyon O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashab kelganlik fakti belgilandi.

Natijada fuqaroning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini rasmiylashtirishi hamda milliy pasport olishi uchun huquqiy asos yaratildi.

26
СУД ТИЗИМИДА КОРРУПЦИЯГА ҚАРШИ КУРАШ: АДОЛАТ ВА ШАФФОФЛИК ОМИЛЛАРИ

СУД ТИЗИМИДА КОРРУПЦИЯГА ҚАРШИ КУРАШ: АДОЛАТ ВА ШАФФОФЛИК ОМИЛЛАРИ
Суд ҳокимиятининг мустақиллиги ва қонун устуворлигини таъминлаш ҳар қандай демократик давлатнинг бош мақсади ҳисобланади. Бугунги кунда мамлакатимизда амалга оширилаётган кенг кўламли ислоҳотлар доирасида суд органлари фаолиятини шаффофлаштириш, унда коррупциявий ҳолатларнинг олдини олиш ва бартараф этиш устувор вазифага айланди. Зеро, суд тизимида адолатнинг таъминланиши нафақат фуқароларнинг давлатга бўлган ишончини мустаҳкамлайди, балки юртнинг халқаро майдондаги нуфузи ва инвестициявий жозибадорлигини ҳам белгилайди.
Суд тизимида коррупцияга қарши курашишнинг энг самарали усули сифатида соҳани тўлиқ рақамлаштириш ва инсон омилини камайтиришга алоҳида эътибор қаратилмоқда. Кейинги йилларда ҳаётга татбиқ этилган «E-SUD» ва «Смарт суд» концепциялари доирасида ариза ва даъволарни электрон қабул қилиш, суд ҳужжатларини махсус платформалар орқали масофадан туриб юбориш тизими йўлга қўйилди. Энг муҳими, суд ишларини судьялар ўртасида автоматик тарзда, инсон аралашувисиз тақсимлаш дастури жорий этилди. Бу чора қайси ишнинг қайси судьяга тушишини олдиндан белгилаш ёки унга таъсир ўтказиш имкониятини бутунлай йўққа чиқарди ва тизимдаги энг катта коррупциявий хавфлардан бирини бартараф этди.
Суд мажлисларининг ошкоралиги ва шаффофлигини таъминлаш борасида ҳам муҳим қадамлар ташланди. Жараёнларни аудио ва видеоёзув воситаларидан фойдаланган ҳолда қайд этиш амалиёти кенгайтирилди. Бу нафақат суд иштирокчиларининг, балки судьяларнинг ҳам масъулиятини оширмоқда. Суд қарорларининг махсус электрон базада мунтазам эълон қилиб борилиши эса жамоатчилик назоратини кучайтиришга хизмат қилмоқда. Эндиликда ҳар бир қизиқувчи шахс чиқарилган қарорларнинг қонунийлиги ва асослантирилганини кузатиш имконига эга.
Кадрлар сиёсати ва судьяликка номзодларни танлаш тизими ҳам тубдан ўзгарди. Судьялар олий кенгаши томонидан номзодларни саралаш ва тайинлаш жараёнлари очиқ, танлов асосида ва ОАВ орқали жонли эфирда узатиладиган имтиҳонлар воситасида амалга оширилмоқда. Судьялар фаолиятини баҳолашнинг аниқ ва шаффоф рейтинг мезонлари ишлаб чиқилди. Шунингдек, судьяларнинг ижтимоий таъминоти ва иш ҳақи миқдорининг босқичма-босқич ошириб борилиши уларнинг моддий жиҳатдан мустақиллигини таъминлаш ва коррупциявий омилларга берилмасликлари учун муҳим кафолат бўлмоқда.
Шу билан бирга, суд тизимида ички назорат ва хавф-хатарларни баҳолаш бўйича махсус тузилмалар фаолият юритмоқда. Судьяларнинг одоб-ахлоқ қоидаларига риоя этиши, фуқаролар билан мулоқотда холисликни сақлаши доимий назоратда. Коррупцияга оид ҳуқуқбузарликларни содир этган ёки судьялик шаънига доғ туширган ходимларга нисбатан муросасиз муносабат шаклланган бўлиб, улар тизимдан четлаштирилмоқда ва қонун олдида жавоб бермоқда. Суд органларида коррупцияга қарши курашиш — бу бир марталик тадбир эмас, балки тизимли ва давомий жараёндир. Бу борада кўрилаётган комплекс чора-тадбирлар судларни жазоловчи органдан фуқароларнинг ҳақ-ҳуқуқларини чин дилдан ҳимоя қилувчи ва жамиятда адолат мезонларини қарор топтирувчи ҳақиқий мустақил ҳокимиятга айлантиришга хизмат қилмоқда.

Фуқаролик ишлари бўйича Термиз туманлараро суди судьяси Б.Ахмедов

25
«ЎЗБЕКИСТОН — 2030» СТРАТЕГИЯСИ: АДОЛАТЛИ СУД ВА ИНСОН ҲУҚУҚЛАРИНИНГ ИШОНЧЛИ ҲИМОЯСИ

«ЎЗБЕКИСТОН — 2030» СТРАТЕГИЯСИ: АДОЛАТЛИ СУД ВА ИНСОН ҲУҚУҚЛАРИНИНГ ИШОНЧЛИ ҲИМОЯСИ
Мамлакатимизда қабул қилинган «Ўзбекистон — 2030» стратегияси доирасида давлат бошқаруви ва суд-ҳуқуқ тизимини тубдан ислоҳ қилиш изчил давом эттирилмоқда. Стратегиянинг тўртинчи йўналиши айнан қонун устуворлигини таъминлаш ва халқ хизматидаги давлат бошқарувини ташкил этишга қаратилган бўлиб, ундаги 84, 85, 86 ва 88-мақсадлар оддий одамларнинг ҳуқуқларини ҳимоя қилиш ҳамда судма-суд сарсон бўлишининг олдини олишда муҳим аҳамиятга эга.
Ушбу соҳадаги янгиланишларнинг энг асосий жиҳати суд ва тергов жараёнларида инсон қадрини улуғлаш билан боғлиқдир. Хусусан, стратегиянинг 84-мақсадига кўра, жиноят ишларини юритишда томонларнинг ўзаро ярашув институтидан фойдаланиш имконияти 20 фоизга оширилади. Энг муҳими, фуқароларнинг вақти ва маблағини тежаш мақсадида суд ҳамда тергов органлари фаолиятида айрим процессуал ҳаракатларни масофадан туриб (онлайн) амага ошириш даражаси 50 фоизга етказилади. Бу эса ортиқча навбатлар ва оворагарчиликларга чек қўяди.
Давлат идоралари ва мансабдор шахслар фаолияти устидан самарали суд назоратини ўрнатиш (85-мақсад) ҳам ислоҳотларнинг диққат марказида турибди. Агар давлат органи томонидан фуқаро ёки тадбиркорнинг ҳақ-ҳуқуқлари бузилса, ушбу низоларнинг камида 50 фоизини судгача бўлган босқичда ёки мамурий судларда келиштиришни таъминловчи медиация (тинч йўл) орқали ҳал этиш тизими кенгайтирилмоқда. Шу билан бирга, давлат идораларининг қонунга хилоф қарорлари туфайли фуқароларга етказилган зарарни қоплаб бериш тартиби сезиларли даражада соддалаштирилади.
Замонавий технологиялар асрида суд тизимининг очиқлиги ва шаффофлигини таъминлаш энг устувор вазифалардан биридир. Шу боис, 86-мақсад доирасида «Смарт суд» концепциясини ҳаётга татбиқ этиш ва фуқаролар учун янги интерактив хизматлар сонини 19 тага етказиш белгиланган. Ишларни тўлиқ электрон шаклда юритиш орқали ҳар бир инсон ўз аризаси ёки даъвоси қайси босқичда турганини уйдан чиқмай туриб, компьютер ёки телефон орқали кузатиб бориш имкониятига эга бўлади.
Суд просессида адолат ва тенглик мезонларини тўлиқ таъминлаш учун адвокатура институтининг салоҳиятини ошириш (88-мақсад) ўта муҳимдир. Янги тизимга мувофиқ, адвокатлар билан судлар ва бошқа давлат идоралари ўртасидаги электрон ҳужжат алмашинуви даражаси 50 фоизга етказилади. «Юридик ёрдам» ахборот тизимининг ривожлантирилиши эса оддий фуқароларнинг малакали ҳуқуқий ҳимояга эга бўлишини тезлаштиради ва осонлаштиради.
Хулоса қилиб айтганда, «Ўзбекистон — 2030» стратегиясида белгиланган ушбу мақсадлар суд тизимини жазоловчи органдан фуқароларнинг ҳуқуқ ва эркинликларини чин дилдан ҳимоя қилувчи, халқ ишонадиган адолат масканига айлантиришга хизмат қилади. Суд-ҳуқуқ соҳасининг рақамлаштирилиши ва инсон омилининг камайтирилиши эса тизимда коррупциянинг олдини олиш ва қонун устуворлигини таъминлашнинг энг ишончли кафолатидир.

Фуқаролик ишлари бўйича Термиз туманлараро суди судьяси Б.Ахмедов

25
Adliya xabari

#TAYINLOV

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug'i bilan:

- Shoimova Shohida Sayfullayevna  -  Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi  boshqarmaning Huquqiy axborot sho‘basi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Sh.Shoimova tayinlovga qadar  boshqarmaning Huquqiy axborot sho‘basi  bosh maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi Sh.Shoimovani tayinlov bilan qutlab, kelgusidagi ishlariga omad va muvaffaqiyatlar tilaydi!