Янгиликлар
06
adliya xabari
#adliya_hudud
Dehqonobod tumani Oila va xotin-qizlar maskanida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamda viloyat adliya boshqarmasi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 3-martdagi PF–33-son “Xotin-qizlar va bolalar huquqlarini himoya qilish tizimini yanada kuchaytirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida “Nikoh shartnomasining afzalliklari” mavzusida huquqiy seminar tashkil etildi.
Seminar davomida mutaxassislar tomonidan nikoh shartnomasining huquqiy mohiyati va ahamiyati, uning er-xotinning mulkiy huquq hamda majburiyatlarini aniq belgilashdagi o‘rni, oilaviy nizolarning oldini olish, shuningdek, tomonlarning qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishdagi afzalliklari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
Tadbirda PF–33-son Farmonida belgilangan xotin-qizlar va bolalar huquqlarini ishonchli himoya qilish, oilalarda huquqiy madaniyatni yuksaltirish, sog‘lom va mustahkam oilalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan vazifalar mazmun-mohiyati ham keng yoritildi.
Shuningdek, o‘quv mashg‘ulotida yosh oilalarni mustahkamlash, nikohning muqaddasligi, er-xotinning huquq va majburiyatlari, oilada o‘zaro hurmat va ishonch muhitini qaror toptirish, nizolarning oldini olish hamda sog‘lom psixologik muhitni yaratishga qaratilgan ma’ruzalar va psixologik treninglar o‘tkazildi.
Seminar yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan huquqiy savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.