Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Adliya xabari


#adliya_aralashgach

Adolat qaror topdi: ADLIYAGA RAHMAT!

Nishon tumanidagi Nuriston shaharchasida yashovchi fuqaro K. Pendjiev o‘zining haqiqatga asoslangan, ammo og‘riqli voqeani adliya organlariga murojaat qilish orqali yengib o‘tdi.

Uning aytishicha, Nishon tuman 28-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori R. J tomonidan bosim ostida qolib, o‘z xohishiga qarshi ishdan bo‘shash to‘g‘risida ariza yozishga majbur qilingan. Natijada, u yillar davomida mehnat qilgan, bilim bergan o‘quv maskanidan ajralib qolgan.

Nishon tuman adliya bo‘limi bu masalaga befarq bo‘lmadi. Murojaat o‘rganilgach, aniqlanishicha, K. Pendjiev 2023 - 2025- yillar oralig'ida  informatika fani o‘qituvchisi lavozimida halol mehnat qilib kelgan.

Biroq, joriy yilning 28-mart kuni tegishli - sonli buyruq asosida unga nisbatan Mehnat kodeksining 160-moddasi 4-qismiga tayanib, go‘yoki o‘z tashabbusi bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

Adolatni tiklash maqsadida, adliya bo‘limi  sudga murojaat qildi. Natijada, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qarshi tumanlararo sudining 11-iyundagi hal qiluv qarori bilan K. Pendjiev o‘zining avvalgi ish joyiga – 28-maktabdagi informatika o‘qituvchisi lavozimiga tiklandi.

Sud, shuningdek, K. Pendjievning huquqlarini tiklash doirasida:

???? 4 million so‘m ma’naviy zarar uchun,
???? 8 023 710 so‘m majburiy progul (ishdan majburan chetlatilgan davr) uchun ish haqi undirishni belgiladi.

Ushbu holat bir bor yana shuni ko‘rsatdiki, inson huquqlari ustuvorligi va adolatni tiklash borasida adliya organlari tinimsiz xizmat qilmoqda. Har bir fuqaroning haqi himoyada, adolat esa, muqaddas!