Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Mehnat huquqlari


#mehnat_huquqi

Mehnat shartnomasini bekor qilishning o'ziga xos xususiyatlari

Joriy yilning 26-iyun kuni Shahrisabz tuman Adliya bo‘limi hamda Shahrisabz tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish markazi mutaxassislari hamkorligida “Xodimlarning mehnat huquqlari kafolati” huquqiy aksiyasi doirasida muhim tadbir tashkil etildi.

Tadbir Shahrisabz tuman pedagogika kollejida bo‘lib o‘tdi va “Mehnat shartnomasini bekor qilishning o‘ziga xos xususiyatlari” mavzusiga bag‘ishlandi.

Seminar davomida:

Mehnat shartnomasini bekor qilish asoslari;

Ish beruvchining va xodimning huquq va majburiyatlari;

Mehnat kodeksida belgilangan tartib-qoidalar;

Noqonuniy ishdan bo‘shatish hollari va ularni oldini olish choralariga oid tushunchalar berildi.

Tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi va mutaxassislar tomonidan atroflicha tushuntirishlar berildi.

Ushbu seminar xodimlarning mehnat huquqlari bo‘yicha huquqiy bilimlarini mustahkamlashga xizmat qildi.