Янгиликлар
23
33 Yillik orzular ushaldi
33 YILLIK ORZULAR USHALDI!
Qamashi tuman FHDY bo‘limi tomonidan o‘tkazilayotgan “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” aksiyasi doirasida navbatdagi ezgu ish amalga oshirildi.
Tumanning Do‘stlik MFYda yashovchi, turli sabablarga ko‘ra hujjatlarini o‘z vaqtida rasmiylashtira olmagan Berdiev Jovli va Almanova Gulsaralarning 33 yillik nikohi rasman qayd etildi.
Mazkur oila bugungi kunda 3 nafar farzandning ota-onasi, bir qancha nevaralarning aziz bobosi va buvisi bo‘lib, ularning huquqiy holati endi rasmiy ravishda tasdiqlandi.
Nikohni qayd etish marosimi tanta'nali tarzda tashkil etilib, nikoh guvohnomasi egalariga bayramona ruhda topshirildi.
Bunday tadbirlar fuqarolarning huquqlarini ta'minlash, ularni hujjatli holatga keltirish, oila va jamiyatda huquqiy madaniyatni oshirishga xizmat qilmoqda.