Янгиликлар
25
Adliya xabari
✅Qashqadaryo viloyatida joylashgan Yuridik xizmat ko'rsatish markazlari va xizmat ko'rsatiluvchi tashkilotlarga amaliy yordam berilmoqda.
????Belgilangan reja-grafikka asosan Adliya vazirligi Yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi mas'ul xodimlaridan iborat ishchi guruh Yuridik xizmat ko'rsatish markazlari hamda xizmat ko'rsatiluvchi tashkilotlarga amaliy yordam berish maqsadida Qashqadaryo viloyatida xizmat safarida bo'lib turibdi.
????Xizmat safari doirasida Dehqonobod, Nishon hamda G'uzor tuman Markazlari hamda tashkilotlari faoliyati, ular uchun yaratilgan sharoitlar o'rganildi.
????O'rganish davomida Markazlar va tashkilotlarga ish faoliyatini optimallashtirishda "E-huquqshunos" elektron tizimining yangi imkoniyatlaridan foydalanish bo'yicha uslubiy tavsiyalar berildi.
????Markazlar va tashkilotlarning kundalik faoliyatida uchrayotgan 10 dan ortiq muammolar joyida bartaraf qilindi.
????Markaz hamda tashkilotlarga amaliy yordam berishga qaratilgan tadbirlar davom etmoqda.