Yangiliklar
Qashqadaryo viloyatida joylashgan Yuridik xizmat ko'rsatish markazlari va xizmat ko'rsatiluvchi tashkilotlarga amaliy yordam berilmoqda.
HUQUQIY MAHALLA
"Huquqiy mahalla " konsepsiyasi doirasida "Kaxlak" MFYda joylashgan nodavlat maktabgacha ta'lim muassasida "Huquqiy bilimlar kuni" tashkil etildi.
Muassasa xodimlariga my.go.uz platformasidan foydalanish afzalliklari, masofadan turib davlat xizmatlaridan foydalanish afzalliklari tushuntirildi hamda sayyor davlat xizmatlari ko'rsatildi.
"Huquqiy mahalla" konsepsiyasi doirasida "Kaxlak" MFYda ijtimoiy xodim hamkorligida ijtimoiy himoya reestirida turuvchi fuqarolarning tibbiy ko'rigi tashkil etilib, ularning imtiyozlardan foydalanish ahvoli hamda huquqiy muammolari o'rganildi, huquqiy va tibbiy maslahatlar berildi.
#adliyadan_qulaylik
KITOB TUMAN DXMDA YANGI QULAYLIKLAR
Kitob tumani adliya bo'limi Davlat xizmatlari markazida tadbirkorlik subyektlariga yanada qulaylik yaratish maqsadida, Markazda onlayn nazorat kassa apparati va terminal bilan ta'minlash xizmati joriy etildi.
Bu bilan, fuqarolar Davlat xizmatlari markaziga tashrif buyurib, tadbirkor sifatida davlat ro'yxatidan o'tish bilan bir qatorda, shu yerning o'zida onlayn nazorat kassa apparati va terminal bilan ta'minlanishi amalga oshiriladi.
Natijada, tadbirkorlarning vaqtini tejash va ortiqcha sarf-xarajatlarining oldi olinishiga xizmat qiladi.
Qarshi shahrida "E-huquqshunos" elektron tizimi orqali avtomatlashtirilgan hujjat loyihalarini yaratish hamda "Yurist AI" chat-boti imkoniyatlarini tushuntirishga qaratilgan seminar tashkil etildi.
33 YILLIK ORZULAR USHALDI!
Qamashi tuman FHDY bo‘limi tomonidan o‘tkazilayotgan “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” aksiyasi doirasida navbatdagi ezgu ish amalga oshirildi.
#Mehnat_huquqlari
⭐️Muborak tuman adliya bo'limi xodimlari tomonidan “Xodimlarning mehnat huquqlari kafolati” huquqiy aksiyasi doirasida tuman maktabgacha va maktab ta'limi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo'lim mehnat jamoasi ishtirokida seminar-treninglar o‘tkazildi.
⭐️Seminar-treningda Kasaba uyushma vakillari ishtirok etdi.
⭐️Seminar yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollar boʻyicha masʼul xodimlar tomonidan batafsil javoblar berildi.
#Adliya_xabari
Qashqadaryodagi tadbirkorlar hamda ijodkorlarga intellektual mulk ob'yektlarini himoya va muhofaza qilish yuzasidan ochiq muloqot o'tkazildi
Joriy yilning 23-oktabr kuni Adliya vazirligi va viloyat adliya boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik subyektlari hamda san’at va ijod vakillariga O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 8-avgustdagi O‘RQ-1080-son Qonuni mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi.
Ochiq muloqot davomida intellektual mulk obyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi, uning afzalliklari va huquqiy himoya qilish mexanizmlari bo‘yicha master-klass o'tkazildi.
Shuningdek, mualliflik huquqlarni buzganlik uchun javobgarlik choralari yuzasidan huquqiy tushunchalar berildi.
Uchrashuvda hayotiy misollar, interaktiv savol-javoblar o‘tkazilib, intellektual mulkni hurmat qilish va himoya qilishning ahamiyati alohida ta’kidlandi.
. Muminov Jonibek Xakimovich – Koson tumani adliya bo‘limi Yuridik
xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i lavozimidan ozod etilib, 2025-yil 7-iyul
kunidan Koson tumani adliya bo‘limi boshlig‘i lavozimiga o‘tkazildi.
G‘oyimov Shaxzod Toshmurodovich – Qashqadaryo viloyat adliya
boshqarmasi Inson huquqlarini himoya qilish sho‘basi bosh maslahatchisi
lavozimidan ozod etilib, 2025-yil 20-avgust kunidan Qashqadaryo viloyat adliya
boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha bosh
maslahatchisi lavozimiga o‘tkazildi.
O'tgan besh oyda Qashqadaryodagi 551 ta mahallada birorta ham jinoyat sodir etilmadi.
SHu bilan birga, sodir etilayotgan har uchta jinoyatdan bittasi viloyat markazidan uzoqda joylashgan, turistlar ko'p tashrif buyuradigan SHahrisabz, Kitob, CHiroqchi, YAkkabog' tumanlari va SHahrisabz shahriga to'g'ri kelayotgani qayd etildi.
Mas'ullarga mahallalarda kriminogen vaziyatni yaxshilashga qaratilgan “ichki ishlar organlari mintaqaviy boshqaruv tizimini” joriy etish topshirildi.
Bunda viloyat ichki ishlar boshqarmasining xavfsiz turizm bo'yicha tizimi SHahrisabz shahrida joylashadi va ushbu 5 ta tumanda jinoyatchilikni jilovlashga mas'ul bo'ladi.
Hozirda Qashqadaryoda 5,5 ming ishsiz yoshlar bor. YAna 36,5 ming bitiruvchi mehnat bozoriga kirib kelayapti.
Yoshlarni “Yoshlar biznesi” dasturi, 13 ming nafar oliygoh bitiruvchisini “Kelajakka qadam” dasturiga qamrab olib, ularning tadbirkorligi va bandligiga ko'maklashish topshirildi. YAna 5 ming yoshlar qishloq xo'jaligida daromadli bo'ladi.