Yangiliklar
Adliya vaziri oʻrinbosari tomonidan Qarshi shahrining “Kamandi” mahallasida sayyor qabul tashkil etildi.
Unda fuqarolarni qiziqtirayotgan asosiy masalalar — ishga joylashish, ijtimoiy himoya, kadastr va shaxsga doir hujjatlarni rasmiylashtirish, bandlik, moddiy yordam, sogʻlomlashtirish maskanlariga yoʻllanma olish hamda oilaviy munosabatlar bilan bogʻliq masalalarga huquqiy tushuntirishlar berildi.
Sayyor qabullar davomida 40 nafarga yaqin fuqarolarning murojaatlari tinglanib, 23 nafar fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi hamda 12 ta murojaatlar ish yurituviga olindi.
“Huquqiy targ‘ibot” kuni tadbiri doirasi hamda reja-grafikka asosan aholining huquqiy madaniyatini hamda ijtimoiy faolliklarini oshirish maqsadida Muborak tuman adliya bo’limi va FXDY xodimlari tomonidan tumandagi “Qoraqum” MFYda targ’ibot tadbirlari tashkil etildi.
HUQUQIY MAHALLA
Joriy yilning 19-mart kuni Muborak tuman adliya bo‘limi YXKM xodimlari tomonidan Mash'al MFY hududida yashovchi fuqarolar ishtirokida huquqiy targ'ibot o'tkazildi.
#Adliya_xabari
Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi va viloyat adliya hamda Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasining masʼul xodimlari tomonidan “Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va boshqa intellektual mulk obyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish tartiblari va afzalliklari” xususida tadbirkorlik subyektlari, hunarmandlar va oʻz intellektual mulkiga muhofaza hujjatini olishda qiynalayotgan shaxslar ishtirokida tadbir boʻlib oʻtdi.
ADLIYA SIZNI ESHITADI
Adliya vaziri oʻrinbosari Alisher Karimov tomonidan Qarshi shahrining "Otchopar" mahallasida sayyor qabul oʻtkazildi.
Koson tuman oila va xotin qizlar bo'limi, tuman FHDY, ichki ishlar bo'limlari bilan hamkorlikda mahalla Xotin qizlar faollari ishtirokida davra suhbati tashkil etiladi.
Qarshi tuman FHDY bo'limi tomonidan “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” aksiyasi doirasida 1234 ta tug'ilish qayd etilib, nikoh 285 tani tashkil qiladi. Uyma -uy yurishlar va sayyor qabullar jarayonida 200 nafar fuqarolarga hujjatlar sayyor tartibda yetkazildi.
Joriy yilning 19-mart kuni “Huquqiy targ‘ibot” kuni tadbiri doirasida aholining huquqiy madaniyatini hamda ijtimoiy faolliklarini oshirish maqsadida Yakkabog‘ tuman adliya bo’limi va DXM xodimlari tomonidan tumandagi “Nurafshon” MFYda targ’ibot tadbirlari tashkil etildi.
#Adliya_xabari
Adliya vaziri o’rinbosari NAXSHAB mahallasi aholisining ijtimoiy huquqiy muammolarini o'rganmoqda.