Янгиликлар
01
Adliya xabari
#adliya_aralashgach
Yillar davomida yechilmay kelgan muammo adliya aralashuvi bilan hal etildi!
Kitob tumani Paxtaobod MFY Jarqo‘rg‘on qishlog‘ida yashovchi fuqaro N. Qurbonovna uzoq yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini rasmiylashtira olmay kelayotgan edi.
✅1974-yilda Kitob tumanida tug‘ilgan fuqaro huquqiy savodxonligi yetarli bo‘lmagani sababli mustaqillikdan keyin ham sobiq O‘zbekiston SSR pasportidan foydalanib kelgan. Bu esa unga fuqarolik masalasini rasmiylashtirishda qator qiyinchiliklarni keltirib chiqargan.
✅Yordam so‘rab Kitob tuman adliya bo‘limiga murojaat qilgan fuqaroning holati o‘rganilib, uning manfaatlarini ko‘zlab Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shahrisabz tumanlararo sudiga O‘zbekiston Respublikasida 1991-yildan buyon doimiy yashab kelganlik faktini belgilash to‘g‘risida da’vo arizasi kiritildi.
✅ Sud tomonidan adliya bo‘limining da’vosi qanoatlantirildi va fuqaro N.Ruzikulovaning 1991-yildan buyon O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashab kelganlik fakti belgilandi.
✅Natijada fuqaroning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini rasmiylashtirishi hamda milliy pasport olishi uchun huquqiy asos yaratildi.