Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Adliya xabari


ADLIYAGA RAHMAT❗️❗️

Yakkabog'lik fuqaroga tug‘ilganlik guvohnomasi qayta tiklab berildi

Yakkabog‘ tumanining tog‘li hududida joylashgan "Darxon" MFYda yashovchi 70 yoshli onaxon Avloqulova Hayitgul momo tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi FHDYning yagona elektron arxiv bazasida mavjud bo‘lmagani sababli ancha tashvishga tushdi.

Bir necha yil avval Hayitgul momo nomiga avtomashina rasmiylashtirilgan bo‘lib, farzandlari ushbu transport vositasini sotish maqsadida notarial idoraga murojaat qilishganida, onaxonning tug‘ilganligi haqidagi ma’lumot bazada mavjud emasligi sabab oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirishning imkoni yo‘qligi ma’lum bo‘ldi.

Shundan so‘ng ular Yakkabog‘ tuman FHDY bo‘limiga murojaat qilishdi. Bo‘lim mudirasi tavsiyasiga asosan zarur hujjatlar yig‘ilib, FHDY arxiv kitoblari sinchkovlik bilan o‘rganib chiqildi.

Izlanishlar natijasida Hayitgul momoning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi qayta tiklanib, tantanali ravishda egasiga topshirildi.

Hayitgul momo bugungi kundagi qulayliklar, adliya organlari xodimlarining tezkor va sifatli xizmatidan mamnun ekanligini bildirib, yaratilayotgan imkoniyatlar uchun Adliya vazirligiga alohida minnatdorlik izhor etdi.