Янгиликлар
15
Adliya xabari
Viloyat Ichki ishlar boshqarmasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish – dolzarb vazifa” mavzusida “Ma’naviyat va ma’rifat darsi” bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda boshqarma tarkibiy bo‘limlari va sohaviy xizmatlari rahbarlari, shaxsiy tarkib hamda viloyat Adliya boshqarmasi komplayens xizmati rahbari ishtirok etdi.
Yig‘ilishni viloyat IIB MMI va KBTX boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Ixtiyor Xudoyqulov ochdi.
Tadbirda viloyat Adliya boshqarmasi komplayens xizmati rahbari Shaxzod G’oyimov va viloyat IIB nazorat taftish inspeksiyasi boshlig'i Alisher Ochilovlar ma’ruza qilib, bugungi kunda dunyoning barcha mamlakatlarida o‘z ichki siyosati va imkoniyatlariga ko‘ra, bu illatga qarshi muntazam ravishda kurash olib borilyotganini ta’kidladi.
Mamlakatimizda ushbu illatga qarshi kurashish masalasiga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratilmoqda.
Xususan, korrupsiyaviy jinoyatlarning oldini olish, ularning sabablari va sodir etilishiga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlab, bartaraf etish maqsadida 2017-yilda «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilindi.