Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Adliya xabari


Adliya – xalq xizmatida: Navbahor mahallasida sayyor xizmatlar tashkil etildi!

Bugun Kitob tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan tumanning "Navbahor" mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolar uchun targ‘ibot tadbiri doirasida sayyor davlat xizmatlari tashkil etildi.

Tadbir davomida aholiga yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati sodda va tushunarli tarzda yetkazildi.

Shuningdek, fuqarolarni qiynab kelayotgan huquqiy muammolar atroflicha o‘rganilib, ularning yechimiga oid huquqiy tushuntirish va amaliy maslahatlar berildi.

Sayyor xizmat jarayonida o‘ndan ziyod fuqaroga davlat xizmatlari bevosita joyida ko‘rsatildi.

Bunday sayyor xizmatlar aholining huquqiy savodxonligini oshirish, ularning muammolarini joyida hal etish hamda davlat xizmatlaridan foydalanishni yanada qulaylashtirishga xizmat qilmoqda.