Янгиликлар
01
adliya aralashgach
Fuqaro foydasiga 37 million so‘mdan ortiq ish haqi undirildi!
Yakkabog‘ tuman adliya bo‘limiga “Daryo” MFY, O‘g‘in qishlog‘ida yashovchi fuqaro Qosimov Abdulla Yo‘lchiyevich tomonidan murojaat kelib tushdi. U o‘z murojaatida 24-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bajargan qo‘shimcha vazifalari uchun to‘lanmay qolgan ish haqlarini undirishda amaliy yordam so‘ragan.
Adliya bo‘limi murojaatni befarq qoldirmadi. Fuqaroning huquqlarini tiklash maqsadida masala chuqur o‘rganilib, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkabog‘ tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritildi.
Natija esa aniq va adolatli bo‘ldi: sudning 2026-yil 24-apreldagi hal qiluv qaroriga asosan, fuqaro Qosimov Abdulla Yo‘lchiyevich foydasiga 37 732 578 so‘m miqdoridagi ish haqi undirilishi belgilandi.
Bu — har bir fuqaroning mehnati qadrlanishi, huquqlari esa himoyasiz qolmasligining yorqin isbotidir.