Янгиликлар
25
Adliya xabari
#ADLIYA_HUDUD
Sayyor xizmat — aholiga qulaylik va yechim!
Joriy yilning 24-aprel sanasida Muborak tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan Muborak tumanidagi “Mash’al” mahallasida yashovchi fuqarolar uchun sayyor davlat xizmatlari tashkil etildi.
Shuningdek, ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish, tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish bo‘yicha targ‘ibot ishlari ham olib borildi.
Sayyor xizmat jarayonida o‘ndan ortiq fuqarolarga bevosita davlat xizmatlari ko‘rsatildi.
Bunday sayyor xizmatlar aholining huquqiy savodxonligini oshirish, muammolarni joyida hal etish hamda davlat xizmatlaridan foydalanishda qulaylik yaratishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.