Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Adliya xabari


#adliya xabari

ENG YAXSHI HUQUQ O‘QITUVCHISI G‘OLIBLARI ANIQLANDI!

Adliya vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining qo‘shma qaroriga asosan umumta’lim maktablarining huquq fani o‘qituvchilari o‘rtasida ilk bor o‘tkazilgan “Eng yaxshi huquq o‘qituvchisi” tanlovi o‘z yakuniga yetdi.

Mazkur tanlov huquqiy savodxonlikni oshirish, o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini qo‘llab-quvvatlash hamda ta’lim tizimida ilg‘or tajribalarni ommalashtirishga xizmat qilmoqda.

1-o‘rin — Qarshi shahar 44-sonli maktab huquq fani o‘qituvchisi Adilova Shaxnoza Asadullayevna
2-o‘rin — Kitob tumani 96-sonli maktab huquq fani o‘qituvchisi Qobilov Feruzbek
3-o‘rin — Qamashi tumani 65-sonli maktab huquq fani o‘qituvchisi Tilovov Suhrob To‘lqin o‘g‘li

G‘oliblarni samimiy muborakbod etamiz! Ularning yutuqlari yosh avlodga huquqiy bilim berishda fidoyilik va yuqori mas’uliyat namunasi bo‘lib xizmat qiladi.