Янгиликлар
24
ADLIYA SIZNI ESHITADI
#Sayyor_qabul
ADLIYA SIZNI ESHITADI
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati tomonidan Kasbi tumanidagi Istirohat bog’ida jismoniy va yuridik shaxslar uchun sayyor qabul o‘tkazildi.
Sayyor qabulda Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i S.Nuriyev, Kasbi tumani hokimi To’xtamurod Meyliyev , shuningdek, soha mutasaddilari ishtirok etishdi.
Sayyor qabulda jami 80 dan ortiq fuqaro ishtirok etdi. Qabul davomida 50 ya yaqin sayyor davlat xizmati ko‘rsatilib, fuqarolardan kadastr hujjatlarini shakllantirish yuzasidan arizalar qabul qilindi.
Shuningdek:
• 15 nafar fuqaroga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish hamda meros huquqi masalalari bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi;
• 15 nafar fuqaroning murojaati ish yurituviga olindi;
• 10 nafar fuqaroning murojaati joyida hal etildi;
• 10 dan ortiq fuqarolarga turli masalalar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.