Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

21
“Kitob tajribasi” amalga oshirilmoqda.

“Kitob tajribasi” amalga oshirilmoqda.

Adliya vazirligi ishchi guruhi tomonidan Qashqadatyo viloyat Kitob tuman davlat xizmatlari markazi faoliyati samaradorligini yanada oshirish boʻyicha amaliy yordam berilmoqda.

Bundan koʻzlangan asosiy maqsad davlat xizmatlari markazlari faoliyatida tezkorlik va natijadorlikni oshirish, sohani takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish hisoblanadi.

“Kitob tajribasi”da erishilgan yutuqlar kelgusida respublika boʻylab ommalashtirilishi taʼminlanadi.

21
Adliya hududlarda: tizimli nazorat va amaliy tahlil

Adliya hududlarda: tizimli nazorat va amaliy tahlil

Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari S. Raximov tomonidan Mirishkor, Kasbi va Nishon tuman adliya bo‘limlari faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.

O'rganish davomida S. Raximov tumanlardagi:

Adliya bo‘limlari, Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari, Davlat xizmatlari markazlari (DXM), va FHDY bo‘limlarida faoliyat yuritayotgan xodimlar bilan individual suhbatlar o‘tkazdi.

Suhbatlarda xodimlarning: xizmat faoliyati, yaratilgan ish sharoitlari, ichki tartib-intizomi, hamda oilaviy va ijtimoiy holatlari o‘rganilib, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Tashrif davomida quyidagi yo‘nalishlarga alohida e'tibor qaratildi.

19
Adliya hududlarda

#adliya_hudud

Huquqiy targ‘ibot tadbiri – “Jasorat maktablari” va bandlik masalalari muhokamada

Yakkabog‘ tuman adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati xodimlari ishtirokida navbatdagi huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

18
Adliya kuni

#Adliya_xabari

OLIS HUDUDLARDA “ADLIYA KUNI”

Bugun Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Kitob tumanining "Qaynar" MFYsida "Huquqiy mahalla" loyihasi doirasida  "Adliya kuni" tadbiri o'tkazildi.

Mazkur tadbirda tuman adliya bo’limi, FHDY, davlat xizmatlari markazi, mutasaddi tashkilotlar hamda mahalla yettiligi ishtirok etdi.

18
Olis hududlarda Adliya kuni

#Adliya_xabari

OLIS HUDUDLARDA “ADLIYA KUNI”

Bugun Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Kitob tumanining "Qaynar" MFYsida "Huquqiy mahalla" loyihasi doirasida  "Adliya kuni" tadbiri o'tkazildi.

Mazkur tadbirda tuman adliya bo’limi, FHDY, davlat xizmatlari markazi, mutasaddi tashkilotlar hamda mahalla yettiligi ishtirok etdi.

17
Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi

#Hech_bir_shaxs_hujjatsiz_qolmaydi

72 yillik muammo o'z yechimini topdi

Yakkabog' tumanida yashovchi, 1951 yilda tumanning "Ayg'irko'l" mahallasida tug'ilgan fuqaro Bozorov Abdimo'min bobo so'nggi uch yil mobaynida turli idoralarda – notarial organlar, davlat xizmatlari markazi hamda soliq qo'mitasida turli muammolarga duch kelgan.

16
Adliya xabari

#adliya_xabari

Yana bir ijobiy natija: 60 nafar fuqaroning uy-joyiga bo‘lgan huquqlari e’tirof etildi!

Qashqadaryo viloyatida fuqarolarning mulkiy huquqlarini qonuniylashtirish borasida tizimli ishlar davom etmoqda.

Bugun bo'lib o'tgan Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasida yana 60 nafar fuqaroning uy-joy va yer uchastkalariga nisbatan mulk va ijara huquqlari rasman tan olindi.

15
Tayinlov

#TAYINLOV

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug'i bilan:

-  Xalilov Shuxrat Akmalyevich -  Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasining Davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlari faoliyatini muvofiqlashtirish sho‘basi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi Sh.Xalilovni tayinlov bilan qutlab, kelgusidagi ishlariga omad va muvaffaqiyatlar tilaydi!

15
Tayinlov

Adliya vazirining tegishli buyrug'i bilan:

-  Raximov Sardor Ulashovich – Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari  lavozimiga tayinlandi.

14
Tayinlov

#TAYINLOV

⚡️Adliya vazirining tegishli buyrug'i bilan:

-  Raximov Sardor Ulashovich – Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari  lavozimiga tayinlandi.

- Tayinlovga qadar  S.Raximov  - Adliya vazirligi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari ijrosini nazorat qilish boshqarmasi bosh maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi S.Raximovni tayinlov bilan qutlab, kelgusidagi ishlariga omad va muvaffaqiyatlar tilaydi!