Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Adliya xabari


Dehqonobodda mehnat qonunchiligi masalalariga bag‘ishlangan seminar-trening o‘tkazildi

Dehqonobod tuman hokimligida tumandagi tashkilot va idora rahbarlari hamda maktab direktorlari uchun mehnat qonunchiligiga oid dolzarb masalalarga bag‘ishlangan seminar-trening tashkil etildi. Tadbir Dehqonobod tumani hokimligi tashabbusi va hamkorligida Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan o‘tkazildi.

Unda tuman hokimi Sh. Shokirov, Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari T. Imomberdiyev hamda yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish sho‘basi boshlig‘i S. Turapov ishtirok etdi.

Seminar davomida yangi tahrirdagi va avvalgi mehnat kodekslari o‘rtasidagi asosiy farqlar, mehnat shartnomasini to‘g‘ri tuzish, uning shartlariga rioya etish, shuningdek, mehnat shartnomasini bekor qilish jarayonida uchrayotgan muammolar va kamchiliklar atroflicha muhokama qilindi.

Tadbirda ishtirok etgan tashkilot va idora rahbarlari hamda maktab direktorlari o‘z faoliyatida duch kelayotgan muammolar yuzasidan savollar bilan murojaat qilib, mutaxassislardan batafsil va asosli javoblar oldilar.

Ta’kidlash joizki, bunday seminar-treninglar rahbar va mutaxassislarning huquqiy savodxonligini oshirish, mehnat qonunchiligiga to‘liq rioya etilishini ta’minlash hamda amaliyotda uchrayotgan kamchiliklarni bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etadi.