Янгиликлар
29
Adliya xabari
#Sayyor_qabul
Mirishkor tumanining “Yangi Mirishkor” MFY da Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan aholi va tadbirkorlar murojaatlarini tinglash maqsadida sayyor qabul bo‘lib o‘tmoqda. Unda boshqarma boshlig‘i S. Nuriyev hamda tegishli mas’ul tashkilotlar vakillari ishtirok etmoqda.
Sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan uy-joy, kadastr, bandlik, aliment, notarial xizmatlar, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, kredit olish, subsidiya, ijro hujjatlari hamda boshqa huquqiy masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushmoqda. Har bir murojaat yuzasidan mas’ullar tomonidan huquqiy tushuntirishlar berilib, ayrim masalalar joyida hal etilmoqda.
Jarayon davomida 40 dan ortiq fuqaro qabul qilinib, shundan 14 nafariga joyida huquqiy tushuntirish berildi, 9 ta murojaat ijobiy hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etilgan 8 ta murojaat belgilangan tartibda ish yurituviga olinib, ijrosi nazoratga olindi.