Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

18
O'qituvchilar tibbiy ko'rikdan o'tishi uchun pul tulaydilarmi?

Mehnat kodeksiga muvofiq, ish beruvchi mehnat shartnomasi tuzish chog'ida dastlabki tarzda va keyinchalik vaqti-vaqti bilan umumta'lim maktablari, maktabgacha tarbiya va boshqa muassasalarning bevosita bolalarga ta'lim yoki tarbiya berish bilan mashg'ul bo'lgan pedagog va boshqa xodimlarini tibbiy ko'rikdan o'tkazishni tashkil qilishi shart.

17
Aholi o‘rtasida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Joriy yilning 17 mart kuni Kasbi tuman adliya bo‘limi hamda tuman davlat xizmatlari markazi xodimlari bilan hamkorlikda “Yuksalish” MFYdagi “Xo‘jaxayron”, “Yangi hayot” qishloq fuqarolari o‘rtasida “Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oy” doirasida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

17
“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi tomonidan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi

Joriy yilning 17 mart kuni viloyat adliya boshqarmasida “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi mas’ul xodimlari Q.Xujjatov va B.Qodirovlar tomonidan O’zbekiston Respublikasi Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasining modernizatsiya qilingan versiyasidan foydalanish, uning qo‘shimcha afzalliklari, qulaylik hamda imkoniyatlari bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

16
Ko'p yillik ish stajiga ega tibbiyot xodimlariga ustama to'lanadi

#Bilasizmi

 Vrachlarga, o'rta va kichik tibbiyot xodimlariga, sog'liqni saqlash barcha muassasalari farmasevtika xodimlariga quyidagi ustamalar to'lanishi kerak:

(https://lex.uz/docs/-941878) uzluksiz ish staji 5 yildan 10 yilgacha – tarif stavkasining 5 foizi;

 uzluksiz ish staji 10 yildan 15 yilgacha – tarif stavkasining 10 foizi;

 uzluksiz ish staji 15 yildan 20 yilgacha – tarif stavkasining 15 foizi, oliy ma'lumotli hamshiralar uchun tarif stavkasining 20 foizi;

 uzluksiz ish staji 20 yildan ortiq – tarif stavkasining 20 foizi, oliy ma'lumotli tibbiyot hamshiralari uchun tarif stavkasining 30 foizi.

Oilaviy shifokor punktlarining umumiy amaliyot vrachlariga – tarif stavkasiga nisbatan 25 foiz miqdorda maxsus har oylik ustama belgilanadi.

16
Bugun radio efirida...

Bugun Kasbi tuman adliya bo‘limi bosh maslahatchisi A.Zoirov tomonidan “Oltin voha” radiosining “Inson va qonun” eshittirishi orqali yangi qabul qilingan qonun xujjatlari mazmun-mohiyati aholiga tushuntirildi.

16
Radio efiri orqali yangi qabul qilingan qonun hujjatlari mazmun-mohiyati tushuntirildi

Bugun Mirishkor tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsultlari M.Iboximov va Z.Tursunovlar tomonidan “Oltin voha” radiosining “Inson va qonun” eshittirishi orqali yangi qabul qilingan qonun xujjatlari mazmun-mohiyati aholiga tushuntirildi.

16
Xodim pensiya yoshiga yetishi munosabati bilan uni ish beruvchi tomonidan bo'shatish taqiqlanadi

“Nuroniylarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, ularning turmush darajasini oshirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–167-son, 15.03.2022-y.) qabul qilindi

16
Diniy tashkilotlari vakillari bilan uchrashuvlar tashkil etildi

Joriy yilning 16 mart kuni Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi Qashqadaryo viloyat hokimligi hamda O’zbekiston musulmonlar idorasi Qashqadaryo viloyat vakilligi bilan hamkorlikda Qarshi shahri San’at maktabida viloyatda faoliyat olib borayotgan diniy tashkilotlar vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.

16
Noislomiy diniy tashkiloti vakillari bilan uchrashuvlar tashkil etildi

Joriy yilning 16 mart kuni Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasida viloyatda faoliyat olib borayotgan noislomiy diniy tashkiloti vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.

15
Navro'z bayramida necha kun dam olamiz?

Prezident farmoniga ko'ra, 2022-yilda qo'shimcha dam olish kunlari belgilangan (https://t.me/huquqiyaxborot/10897).

Shunga ko'ra, Navro'z bayrami munosabati bilan 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar – 5 kun, 6 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar – 4 kun dam oladi.