Янгиликлар
Tibbiyot xodimlarining huquqlari tiklandi
Joriy yilning 8 aprel kuni Qamashi tuman adliya hamda Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limlari bilan hamkorlikda Xalq ta’limi bo‘limida saylov qonunchiligi mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida seminar tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash, Xalq ta’limi bo‘lim xodimlari, mahalla raislari, fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi tuman komissiyasi a’zolari ishtirok etishdi.
Seminar davomida tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Sh.Kaxxarov tomonidan O’zbekiston Respublikasining 2018-yil 15-oktyabrdagi “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi to‘g‘risida”gi O’RQ-499-son Qonuni mazmun-mohiyatini tushuntirdi va ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar berdi.
Shuningdek, seminarda 50 dan ortiq mahalla raisi saylovini o‘tkazish bilan bog‘liq targ‘ibot materiallari infografika va bukletlar ishtirokchilarga tarqatildi.


