Янгиликлар
Intellektual mulk sohasida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi
Joriy yilning 8 aprel kuni viloyat adliya boshqarmasi tomonidan “Intellektual mulk eng muhim boylik” shiori ostida targ‘ibot tadbiri hamda tadbirkorlik sub’ektlariga o‘z brendlarini yaratishga ko‘maklashish maqsadida “Yilning eng yaxshi brendi” nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib bo‘lganlarni taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
Tadbirda, tadbirkorlik sub’ektlari, mutasadi idora va tashkilotlar, yoshlar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.
Ma’ruzachilar tomonidan ishtirokchilarga aholining intellektual mulk huquqlari sohasidagi yangiliklar hamda tadbirkorlar tomonidan o‘z brendlariga ega bo‘lishning afzalliklari haqida tushuntirishlar berildi.
Tadbir davomida “Yilning eng yaxshi brendi” nominatsiyasi bo‘yicha “IMPULS MEDICAL CLINIC” brendi g‘olib S.Ravshanovga Adliya boshqarmasining fahriy yorlig‘i topshirildi.


