Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

11
Pedagoglarga yozgi ta'til davrida ta'til ishga kirgan vaqtidan qat'i nazar to'liq beriladi

Xodimga yillik asosiy ta'til birinchi ish yili uchun 6 oy ishlangandan keyin beriladi.

(https://lex.uz/docs/-142859)  Maktablar, oliy va o'rta maxsus, kasb-hunar o'quv yurtlari, kadrlarning malakasini oshirish, ularni tayyorlash va qayta tayyorlash institutlari va kurslarining muallimlar tarkibiga birinchi ish yilida yillik ta'til ularning mazkur o'quv yurtiga ishga kirgan vaqtidan qat'i nazar haqiqiy ishlagan vaqtiga mutanosib ravishda haq to'lagan holda yozgi ta'til davrida to'liq beriladi.

09
Buyuk ajdodimiz Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun.

9-aprel (1336-yil)

Buyuk ajdodimiz Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun.

08
Mahalla raisligiga kimlar saylanishi mumkin?

Qonunchilikka ko'ra (https://lex.uz/docs/-3988421), fuqarolar yig'ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlar:

▫️ O'zbekiston fuqarosi bo'lishi;
▫️ qoida tariqasida, oliy ma'lumotga ega bo'lishi;
▫️ bevosita saylovga qadar kamida 5 yil tegishli hududda doimiy yashayotgan bo'lishi;
▫️ tashkilotchilik qobiliyatiga, davlat organlarida yoki nodavlat notijorat tashkilotlarida yoxud tadbirkorlik va boshqa xo'jalik faoliyati sohasida ish tajribasiga, shuningdek hayotiy tajribaga va aholi o'rtasida obro'-e'tiborga ega bo'lishi kerak.

08
Inklyuziv taʼlim sinflari oʻqituvchilariga mehnatning alohida sharoitlari uchun har oyda quyidagicha ustama haqi toʻlanadi

➖ sinfda alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bir nafar bola uchun – lavozim maoshining 10 foizi;
➖ 2 nafar bola uchun – lavozim maoshining 20 foizi;
➖ 3 nafar bola uchun – lavozim maoshining 30 foizi;
➖ ikki va undan ortiq inklyuziv taʼlim sinflarida 4 nafar va undan ortiq bola uchun taʼlim-tarbiya ishlarini olib borgan oʻqituvchilarga va maxsus pedagoglarga – lavozim maoshining 30 foizi miqdorida

08
Qamashi tumanida mahalla raisi saylovini o‘tkazish bo‘yicha seminar tashkil etildi

Joriy yilning 8 aprel kuni Qamashi tuman adliya hamda Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limlari bilan hamkorlikda Xalq ta’limi bo‘limida saylov qonunchiligi mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida seminar tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash, Xalq ta’limi bo‘lim xodimlari, mahalla raislari, fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi tuman komissiyasi a’zolari ishtirok etishdi.

08
Mahallalarda saylov qonunchiligi tushuntirilmoqda

Qarshi tuman adliya bo‘limi hamda Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi bilan hamkorlikda “Shoyxo‘ja” MFYda seminar tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda ishtirokchilarga joriy yilning may oyida bo‘lib o‘tadigan Fuqarolar yig‘ini raislari (oqsoqoli) saylovi tartiblari hamda O’zbekiston Respublikasining 2018-yil
15-oktyabrdagi “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi to‘g‘risida”gi O’RQ-499-son Qonuni mazmun-mohiyati tushuntirildi.

07
O‘qituvchilarning ustama pullari undirib berildi

Kasbi tuman adliya bo‘limiga tumandagi 1-sonli kasb-hunar maktabi o‘qituvchisi N.Y va tumandagi bolalar va o‘smirlar sport maktabi o‘qituvchisi J.J.lar tuman adliya bo‘limiga “Sport targ‘ibotchisi” qo‘shimcha vazifasini bajarib kelayotganligi, lekin ularga ustamalar to‘lanmayotganligidan norozi bo‘lib ariza bilan murojaat qilishgan.

07
Ramazon — ezgu fazilatlar oyi

Bugun viloyat adliya boshqarmasining navbatdagi “Ma’naviyat soati”da Qarshi tumanidagi “Fozil ota” diniy tashkiloti rahbari tomonidan muborak Ramazon oyi munosabati bilan “Ro‘za tutish tartibi va savobi” mavzusida ma’ruzalar o‘qildi.

Tadbirda ro‘za tutishning o‘ziga xos odoblari, afzalliklari va fazilatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, tibbiy ilmiy izlanishlar oqibatida ro‘zaning inson salomatligiga turli jismoniy va ruhiy kasalliklardan himoya qilish, ularning oldini olishda foydasi borligi haqida so‘z yuritildi.

07
23 nafar ta’lim xodimlarining huquqlari himoya qilinmoqda

Kasbi tuman adliya bo‘limi tomonidan 23 nafar ta’lim xodimlarining “Sport targ‘ibotchisi” vazifasida ishlab, ularning lavozim maoshlariga

20 foizlik ustamalar to‘lab berilmayotganligidan noroziligi to‘g‘risidagi kelib tushgan murojaati o‘rganib chiqildi.

07
Adliya bo‘limi tomonidan umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi yoshlar yetakchilariga to‘lanmay qolgan 122 219 220 so‘m to‘lab berildi

Qarshi tuman adliya bo‘lim tomonidan tumandagi Xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi maktablarda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ–92-son qarorining 11-bandi - mahallalarda tashkil etiladigan yoshlar yetakchilari hamda Yoshlar agentligining mahalla va ta’lim muassasalarida yoshlar bilan ishlash bo‘linmalari xodimlari lavozimining shtat birliklari umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi yoshlar yetakchisi lavozimini qisqartirish hisobiga shakllantirilishi hamda umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi shtat birliklari qisqartirilgan yoshlar yetakchilariga Mehnat kodeksining 67, 109 va 151-moddalariga asosan to‘lovlarning amalga oshirilganligi ahvoli tahlil qilindi.