Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Mahalla raisligiga kimlar saylanishi mumkin?


Qonunchilikka ko'ra (https://lex.uz/docs/-3988421), fuqarolar yig'ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlar:

▫️ O'zbekiston fuqarosi bo'lishi;
▫️ qoida tariqasida, oliy ma'lumotga ega bo'lishi;
▫️ bevosita saylovga qadar kamida 5 yil tegishli hududda doimiy yashayotgan bo'lishi;
▫️ tashkilotchilik qobiliyatiga, davlat organlarida yoki nodavlat notijorat tashkilotlarida yoxud tadbirkorlik va boshqa xo'jalik faoliyati sohasida ish tajribasiga, shuningdek hayotiy tajribaga va aholi o'rtasida obro'-e'tiborga ega bo'lishi kerak.

Quyidagilar nomzod etib ko'rsatilishi mumkin emas:

▫️ sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar;
▫️ og'ir yoxud o'ta og'ir jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar;
▫️ sudning hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar;
▫️ haqiqiy harbiy xizmatdagi shaxslar;
▫️ diniy tashkilotlarning professional xizmatchilari.