Янгиликлар
Mahallalarda saylov qonunchiligi tushuntirilmoqda
Qarshi tuman adliya bo‘limi hamda Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi bilan hamkorlikda “Shoyxo‘ja” MFYda seminar tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda ishtirokchilarga joriy yilning may oyida bo‘lib o‘tadigan Fuqarolar yig‘ini raislari (oqsoqoli) saylovi tartiblari hamda O’zbekiston Respublikasining 2018-yil
15-oktyabrdagi “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi to‘g‘risida”gi O’RQ-499-son Qonuni mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Shuningdek, seminarda mahalla raisi saylovini o‘tkazish bilan bog‘liq targ‘ibot materiallari infografika va bukletlar ishtirokchilarga tarqatildi.

