Янгиликлар
Adliya bo‘limi tomonidan umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi yoshlar yetakchilariga to‘lanmay qolgan 122 219 220 so‘m to‘lab berildi
Qarshi tuman adliya bo‘lim tomonidan tumandagi Xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi maktablarda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ–92-son qarorining 11-bandi - mahallalarda tashkil etiladigan yoshlar yetakchilari hamda Yoshlar agentligining mahalla va ta’lim muassasalarida yoshlar bilan ishlash bo‘linmalari xodimlari lavozimining shtat birliklari umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi yoshlar yetakchisi lavozimini qisqartirish hisobiga shakllantirilishi hamda umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi shtat birliklari qisqartirilgan yoshlar yetakchilariga Mehnat kodeksining 67, 109 va 151-moddalariga asosan to‘lovlarning amalga oshirilganligi ahvoli tahlil qilindi.
Natijada, shtat birliklari qisqartirilgan 51 nafar yoshlar yetakchilariga Mehnat kodeksining 67, 109 va 151-moddalariga asosan jami 122 219 220 so‘m to‘lanmganligi aniqlanib, tuman Xalq ta’limi bo‘limiga taqdimnoma kiritildi hamda ushbu mablag‘lar to‘liq to‘lab berildi.
