Янгиликлар
O‘qituvchilarning ustama pullari undirib berildi
Kasbi tuman adliya bo‘limiga tumandagi 1-sonli kasb-hunar maktabi o‘qituvchisi N.Y va tumandagi bolalar va o‘smirlar sport maktabi o‘qituvchisi J.J.lar tuman adliya bo‘limiga “Sport targ‘ibotchisi” qo‘shimcha vazifasini bajarib kelayotganligi, lekin ularga ustamalar to‘lanmayotganligidan norozi bo‘lib ariza bilan murojaat qilishgan.
Tuman adliya bo‘limi tomonidan mazkur murojaatlar o‘rganib chiqilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktyabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–6099-son Farmonining 13-bandida sog‘lom turmush tarzi va ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida mehnat jamoalarida faoliyat yuritayotgan xodimga “Sport targ‘ibotchisi” qo‘shimcha vazifasini yuklash va uning bazaviy lavozim maoshiga 20 foiz miqdorida ustama belgilanishi ko‘rsatilganligidan kelib chiqib, N.Yga 4 232 533 so‘m, J.Jga 4 593 423 so‘m pul ustamalar to‘lab berish yuzasidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Kasbi tuman sudiga ariza kiritilgan.
Sud tomonidan tuman adliya bo‘limining arizalari qanoatlantirilib, o‘qituvchilarga ustama pullari undirib berildi.
