Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Ramazon — ezgu fazilatlar oyi


Bugun viloyat adliya boshqarmasining navbatdagi “Ma’naviyat soati”da Qarshi tumanidagi “Fozil ota” diniy tashkiloti rahbari tomonidan muborak Ramazon oyi munosabati bilan “Ro‘za tutish tartibi va savobi” mavzusida ma’ruzalar o‘qildi.

Tadbirda ro‘za tutishning o‘ziga xos odoblari, afzalliklari va fazilatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, tibbiy ilmiy izlanishlar oqibatida ro‘zaning inson salomatligiga turli jismoniy va ruhiy kasalliklardan himoya qilish, ularning oldini olishda foydasi borligi haqida so‘z yuritildi.