Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Shifokor siri hisoblangan ma'lumotlarni fuqaro yoki uning qonuniy vakilining roziligisiz berishga quyidagi sabablarga ko'ra yo'l qo'yiladi


▫️ ahvoli og'irligi sababli o'z xohish-irodasini bildira olmaydigan fuqaroni tekshirish va davolash maqsadida;

▫️ yuqumli kasalliklar tarqalishi, yalpi zaharlanish va zararlanish xavfi tahdid solganida;

▫️ tergov yoki sud tekshiruvi o'tkazilishi munosabati bilan surishtiruv va tergov organlarining, prokuratura va sudning so'rovi bo'yicha;

▫️ 14 yoshga to'lmagan voyaga yetmagan shaxsga yordam ko'rsatilayotganda uning ota-onasi yoki qonuniy vakillarini xabardor qilish uchun;

▫️ fuqaroning sog'lig'iga g'ayriqonuniy xatti-harakatlar yoki baxtsiz tasodif natijasida zarar yetkazilgan deb gumon qilishga asoslar mavjud bo'lganida (https://lex.uz/docs/-26013).