Янгиликлар
Saylov tartiblari tushuntirildi
Bugun Qarshi tuman adliya bo‘limi bosh maslahatchisi A.Jurayev, Mahalla va nuroniylar vazirligi mas’ul xodimi B.Mamayusupov, fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha viloyat ko‘maklashuvchi kommissiya raisi R.Raupov, komissiya kotibi Sh.Kattaboboyev, Kitob tuman komissiya a’zosi J.Raxmonovlar ishtirokida viloyat televideniyesida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida joriy yilning may oyida bo‘lib o‘tadigan fuqarolar yig‘ini raislari (oqsoqoli) saylovi tartiblari hamda O’zbekiston Respublikasining 2018-yil 15-oktyabrdagi “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi to‘g‘risida”gi O’RQ-499-son Qonuni mazmun-mohiyati aholiga tushuntirildi.
