Янгиликлар
Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi tomonidan 2022-yil 1-choragi davomida amalga oshirilgan ishlar
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirib borish qonun ustuvorligini ta’minlash hamda qonuniylikni mustahkamlashning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi.
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasining Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi tomonidan mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, yangi qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar yuzasidan aholini xabardor qilish, mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida 2022-yil
1-choragi davomida bir qator ishlar amalga oshirildi.
Xususan, bo‘lim tomonidan 320 marotaba targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi. Shundan, 22 marotaba og‘zaki va 298 marotaba ommaviy axborot vositalari orqali targ‘ibot tadbirlari tashkillashtirilgan.
Bo‘lim tomonidan aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishda ijtimoiy tarmoqlardan samarali tarzda foydalanilmoqda.
Xususan, viloyat adliya boshqarmasining qashqadaryo.adliya.uz rasmiy veb-sayti, telegram ijtimoiy tarmog‘idagi kanal va “facebook” ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi orqali har kuni yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar mazmuni va ahamiyati yuzasidan annotatsiya va infografikalar, aholini qiziqtiradigan masalalar yuzasidan savol-javoblar tayyorlanib, yoritildi.
Viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan amalga oshirilgan ijobiy ishlar, qanoatlantirilgan murojaatlar, olib borilgan targ‘ibot tadbirlari yuzasidan 300 ga yaqin ma’lumotlar ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatildi.
Bu aholining adliya organlari faoliyatidan xabardorlik darajasini oshirishi bilan bir qatorda, adliya organlariga nisbatan bo‘lgan hurmat va ishonchni oshishida ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Joriy yilning 8-yanvar kuni O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tashkil etilganining 30 yilligi munosabati bilan boshqarma, tuman (shahar) adliya bo‘limlari hamda yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari tomonidan joylarda targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.
Xususan, Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi xodimlari tomonidan boshqarma va uning tizimida 30 yildan ortiq vaqt maboynida faoliyat yuritgan faxriylar holidan xabar olindi hamda davlat organlari va tashkilotlarida O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligini tashkil etilganining 30 yilligi munosabati bilan #Adliya_shonli_30_yil" heshtegi ostida chellenjlar o‘tkazildi.
Bulim tomonidan adliya vazirligi va adliya boshqarmasini tashkil topishi, tarixi va bugungi kuni haqida viloyat televideniyesi bilan hamkorlikda reportaj va roliklar tayyorlandi hamda viloyat televideniyesi va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritildi.
Shu bilan birga, bo‘lim tomonidan davlat organlari va tashkilot xodimlari, aholi va yoshlar o‘rtasida huquqiy bilimini oshirishga qaratilgan turli hil aksiyalar, viktorina va tanlovlar tashkil etildi.
Xususan, Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan aholining tibbiy-huquqiy savodxonligini oshirish va sog‘ligini tiklash masalalari bo‘yicha aksiyasi doirasida boshqarma va tuman (shahar) adliya bo‘limlari va tibbiyot birlashmalari bilan hamkorlikda mahallarlarda sayyor qabullar, uyma-uy yurish tadbirlari tashkil etilib, tibbiy anjomlarga muhtoj bo‘lgan nogironligi bor faqarolar va ularning oila a’zolaridan murojaatlar adliya bo‘limi ish yurituviga olindi va fuqarolarning murojaatlari o‘rganilib, fuqarolarga nogironlik aravachasi, eshitish moslamalari, qultiq tayoqlar va boshqalar olib berilishi ta’minlandi.
Mazkur aksiya doirasida Qarshi va Mirishkor tuman adliya bo‘limlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan “Sevimli” telekanali bilan hamkorlikda lavhalar tayyorlandi va efirga uzatildi.
Shuningdek, Adliya vazirligi tomonidan joriy yilning fevral-mart oylarida “Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oy” tadbirlari munosabati bilan boshqarma va tuman shahar adliya bo‘limlari tomonidan xotin-qizlar o‘rtasida huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
Joriy yilning fevral-mart oylarida 14 maqola bosma nashrlar orqali chop etildi.
Xususan, Muborak tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti E.Abdiraxmonovning “Xotin-qizlar masalasi doimo e’tiborda” nomli maqolasi, Qarshi tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti Sh.Qushoqovning “Xotin qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi” nomli maqolasi “Yurt tarovati” gazetasining 2022 yil 31mart № 06(84)-sonida, Kitob tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti Q.Choriyevning “Xotin qizlarning ta’lim olishiga qulay sharoit yaratilmoqda” nomli maqola “Kitob ovozi” gazetasining 2022 yil 21 mart
№06(7784)-sonida, Kasbi tuman adliya bo‘limi yetakchi maslahatchisi A.Qaxxorovning “Xotin-qizlar uchun imtiyoz” nomli maqolasi “Sadoqat” gazetasining 2022 yil 21 mart № 06(4503)-sonida chop etildi.
Bundan tashqari, ijtimoiy tarmoqlar orqali ham turli hil postlar, maqolalar, video savol-javoblar tayyorlanib yoritildi.
Davlat organlari va tashkilotlarida, aholi o‘rtasida hotin-qizlar huquqlari bo‘yicha tashkil etilgan sayyor qabullar va davra suhbatlarida qonun hujjatlari mazmun-mohiyati keng tushuntirildi.
Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi tashabbusi bilan “Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oy” doirasida xotin-qizlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, ularning mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, o‘zaro fikr almashishlariga sharoit yaratish maqsadida
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi va uning tizimidagi tuman (shahar) yuridik xizmat markazlari, Qashqadaryo viloyat yuridik texnikumi, Davlat xizmatlari agentligi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi va uning tizimidagi idoralar, Notarial idoralar, Fuqarolik holatlari dalolatnomalarini yozish organlarida faoliyat yuritiayotgan xotin-qizlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etiladi.
Intellektual o‘yinda g‘alaba qozongan jamoalar diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanadilar.
Bo‘lim tomonidan yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirish va adliya organlari faoliyati bilan tanishtirish maqsadida joriy yilning 1 mart kuni boshqarmada “Ochiq eshiklar” kuni tashkil etildi.
Tadbirda “Yurt tarovati” gazetasi bosh muxarriri, Qarshi davlat universiteti, Yuridik texnikum talabalari va o‘qituvchilari hamda 1-sonli ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining o‘quvchilari ishtirok etishdi.
Tadbirda o‘quvchi yoshlar bilan suhbat o‘tkazilib, huquqshunos kasbi va uning mashaqqatlari hamda sharafli kasb ekanligi ta’kidlandi, shuningdek, huquqshunos xodimi bo‘lish uchun vatanni sevish, fanlarni chuqur o‘zlashtirish va sport bilan doimiy shug‘ullanish lozimligini aytib o‘tdi.
Yoshlarga adliya organlarining vazifa, funksiyalari hamda amalga oshirilayotgan ishlar xususida ma’lumotlar berildi va boshqarma bo‘limlari bilan tanishtirib chiqildi.
Yurt tarovati gazetasi bosh muxarriri N.Ibragimova tomonidan yoshlarga jurnalist faoliyati hamda ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar berdi.
Bundan tashqari, yoshlarning bilim salohiyatini oshirish va kundalik huquqiy axborotlardan xabardor bo‘lishlari uchun Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” va adliya boshqarmasining “Qashqadaryo.adliya.uz” telegram kanallariga a’zo qilindi.
Bo‘lim tomonidan “Sevimli” telekanali va Qarshi shahar “Nasaf Tv” telekanali bilan hamkorlikda tuman (shahar) adliya bo‘limlarining faoliyati hamda ijobiy hal etilgan murojaatlar yuzasidan 10 ta lavhalar tayyorlandi va efirga uzatildi.
Xususan, Kasbi, Qarshi, G’uzor, Koson, Mirishkor, Yakkabog‘, Chiroqchi Shahrisabz tuman va Shahrisabz shahar adliya bo‘limlari va boshqarmaning Inson huquqlarini himoya qilish bo‘limi tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan lavhalar efirga uzatildi.
Huquqiy targ‘ibot va
ma’rifat bo‘limi