Янгиликлар
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi va uning tizimidagi adliya bo‘limlari tomonidan 2022 yilning 1-choragi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan
Hisobot davrida Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi va uning tizimidagi bo‘limlari tomonidan bir qator ishlar amalga oshirildi.
Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha
Jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 3 016 ta murojaatning 2 614 tasi hal etilib, shundan 1 844 tasi yoki 61,2 foizi qanoatlantirildi, 770 tasiga huquqiy tushuntirish berildi, shuningdek, boshqarmaning “Ishonch telefoni”ga kelib tushgan 94 ta murojaatning 86 tasi hal etilib, shundan 33 tasi yoki 35,1 foizi qanoatlantirildi, 53 tasiga huquqiy tushuntirish berildi.
Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 47 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazildi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining norma ijodkorligi faoliyati yuzasidan o‘rganish va monitoringlar o‘tkazilib, natijasi bo‘yicha jami 75 ta taqdimnoma kiritilgan.
Kiritilgan taqdimnomalar natijasida jami 43 ta mahalliy davlat hokimiyati organlarining hujjatlari, shundan 2 tasi normativ-huquqiy tusdagi qarorlari bekor qilinib, qonun hujjatlariga muvofiqlashtirildi.
Qonunchilikka o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish hamda amaliyotda mavjud muammoli holatlarni bartaraf etish yuzasidan 207 ta takliflar ishlab chiqildi.
O‘tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha
Boshqarma va uning tizimidagi adliya bo‘limlari tomonidan hisobot davrida jami 24 ta o‘rganish va 458 ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganishlar davomida 1 647 ta tashkilotlar faoliyati qamrab olindi va ushbu o‘rganish va monitoringlar natijasida 27 747 ta qonun buzilishi holatlari aniqlandi.
Aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf qilish yuzasidan 1 218 ta taqdimnoma, 296 ta ma’muriy javobgarlikka tortish haqida taklif hamda 3 739 ta ogohnoma kiritildi.
Natijada 482 nafar shaxs intizomiy (shundan 4 nafari egallab turgan vazifasidan ozod qilindi) va 260 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi, 1 500 ta noqonuniy hujjatlar bekor qilindi hamda 33 ta qaror ijrosi to‘xtatildi, shuningdek, 4 mlrd. 562 mln. so‘mdan ortiq pul mablag‘lag‘lari qonuniy egalariga qaytarildi.
Hisobot davrida sudlarga 9 mlrd. 814 mln. so‘mlik 680 ta da’vo arizalari kiritilgan bo‘lib, natijasiga ko‘ra 7 mlrd. 181 mln. so‘mlik 461 ta da’vo arizalari qanoatlantirildi.
Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida boshqarma va uning tizimidagi adliya bo‘limlari tomonidan jami 9 095 ta, shundan 6 580 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 2 021 tasi og‘zaki, 494 tasi yozma va ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirildi. Shuningdek, 630 tasi uyma-uy borib o‘tkazilgan huquqiy targ‘ibotlar bo‘lsa, 1 889 tasi manzilli huquqiy targ‘ibotlar hisoblanadi.
Jamoat, nodavlat notijorat va diniy tashkilotlar bo‘yicha
Boshqarma tomonidan 2022 yil 1 aprel holatiga ko‘ra jami
563 ta nodavlat notijorat tashkilotlari ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lib, shundan 364 tasi davlat ro‘yxatiga, 199 tasi hisob ro‘yxatiga olingan nodavlat notijorat tashkilotlaridan iborat, shuningdek,
187 ta diniy tashkilotlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan bo‘lib, shundan 185 tasi islom diniga mansub bo‘lsa, 2 tasi noislomiy diniy tashkilotlar hisoblanadi.
Advokatura sohasi bo‘yicha
Boshqarma tomonidan 2022 yil 1 aprel holatida jami 380 nafar advokatga advokatlik litsenziyasi berilgan bo‘lib, shundan 242 tasi litsenziya olib ishlayotganlar, 5 tasi litsenziya olib ishlamayotganlar, 20 tasi boshqa hududda ishlayotganlar, 113 tasining litsenziyasi amal qilishi tugatilgan.
Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarning faoliyati bo‘yicha
Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar tomonidan 2021 yil davomida jami 243 454 ta notarial harakatlar amalga oshirilgan bo‘lib, shunga ko‘ra 67 mlrd. 75 mln. so‘mlik davlat boji hamda 18 mlrd. 647 mln. so‘mlik pullik xizmat to‘lovlari undirildi.