Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

16
SIZ KELMANG - ÒZIMIZ BORAMIZ!

Shahrisabz shahar Qoziguzar mahallasida istiqomat qiluvchi  Ròziyeva Zamira I- guruh nogironi. Fuqaro Shahrisabz shahar Davlat xizmatlari markaziga qònģiroq qilib yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro'yhatdan o'tish istagini bildirgan. Markaz xodimlari tomonidan onaxonni òz uylarida  sayyor tartibda xizmat ko'rsatilib,davlat ro'yhatidan o'tkazib berildi. Sayyor xizmatlar joylarda davom etadi.

14
Qashqadaryoda adliya sayili boʻlib oʻtdi

Qashqadaryo   viloyat   adliya   boshqarmasi   tashabbusi   bilan   viloyat hokimining   2022-yil   7-maydagi   “Aholining   huquqiy   ongi   hamda   huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirish, qabul qilinayotgan qonun hujjatlari mohiyati  va   ahamiyatini   yetkazish   maqsadida   Shahrisabz   shahrida  “Inson   qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”  dasturi doirasida “Adliya sayili”nio‘tkazish to‘g‘risida”gi 20-4-0-F/22-son Farmoyishi qabul qilindi. Mazkur   farmoyishga   asosan   joriy   yilning   13-may   kuni   Shahrisabz shahrining Amir Temur hiyobonida aholi o‘rtasida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish hamda qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan “Adliya sayllari” shiori ostida tadbiri o‘tkazildi. Mazkur tadbirda 3500 dan ortiq fuqarolar ishtirok etib, fuqarolarga bepul huquqiy maslahatlar berish maqsadida malakali notariuslar, advokatlar, “Madad” NNT tashkiloti, davlat xizmatlari markazi, bandlik bosh boshqarmasi, soliq, banklar, FHDY, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi va boshqa hamkor tashkilotlar xodimlari ishtirok etishdi. Tadbir davomida aholiga muammoli, o‘z yechimini topmayotgan masalalar yuzasidan yuqoridagi tashkilotlar tomonidan jami 700 dan ortiq fuqarolarga bepul huquqiy maslahatlar berildi.

11
Arxiv ishi hududiy boshqarmasida targ‘ibot tadbiri

Bugun adliya boshqarmasi mas’ul xodimi tomonidan Arxiv ishi hududiy boshqarmasi xodimlari o‘rtasida yangi qabul qilingan qonun hujjatlari mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

07
Inson bor ekan, xotira – muqaddas. 

Kasbi tuman adliya boʻlimi, Davlat xizmatlari markazi va FHDY bòlimi xodimlari  Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining eng nuroniylaridan biri – Mugʻlon mahallasida yashovchi 99 yoshli Shermatov Xayrullo boboning xonadoniga bayram bilan tabriklash maqsadida tashrif buyurishdi.

07
Har bir murojaat e’tiborda

Qarshi tumani, Fayzobod qishlog‘ida yashovchi fuqaro K.X viloyat adliya boshqarmasiga murojaatlariga Qarshi tumanidagi 15-umumiy o‘rta ta’lim maktab tomonidan javob xati berilmaganligidan norozi bo‘lib murojaat qilgan.

07
Xalq ta’limi xodimlarining huquqlari tiklandi

Muborak tumanidagi 10-umumiy o‘rta ta’lim maktabi xodimi D.Z va boshqalar viloyat adliya boshqarmasiga to‘langan ustama pullari qaytarib olinganligidan norozi bo‘lib murojaat qilgan.

07
Tayinlov

O'bekiston Respublikasi  Adliya vazirining  tegishli buyrug‘iga asosan Rahimov Sardor Ulashovich Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasining O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Hujjatlari ijrosini nazorat qilish bo'limi boshlig'i lavozimiga tayinlandi. S.Rahimov  tayinlovga qadar boshqarmaning O'zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlari ijrosi ustidan nazorat qilish bo'limi  boshlig'i lavozimida ishlab kelgan.

07
Tayinlov

O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirining tegishli buyrug‘iga asosan Bekmamatov Azamat Rahmatullayevich  Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasining Huquqni qo'llash amaliyotini o'rganish  bo'limi boshlig'i lavozimiga tayinlandi. A.Bekmamatov  tayinlovga qadar  boshqarmaning Ijtimoiy - iqtisodiy sohada huquqni qo'llash amaliyotini o'rganish  bo'limi boshlig'i lavozimida ishlab kelgan.

07
Tayinlov

O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirining tegishli buyrug‘iga asosan Xudoyqulov Dilmurat Abdiazimovich Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasining Huquqiy xizmatlar bo'limi boshlig'i  lavozimiga tayinlandi. D.Xudoyqulov tayinlovga qadar  boshqarmaning Huquqiy xizmat ko'rsatishni davlat tomonidan tartibga solish bo'limi boshlig'i  lavozimida ishlab kelgan.

07
Tayinlov

O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirining tegishli buyrug‘iga asosan Imomberdiyev To'lqin Xoliqberdiyevich Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasining Inson resurslari bo'limi boshlig'i lavozimiga tayinlandi. T.Imomberdiyev  tayinlovga qadar  boshqarmaning Huquqiy ekspertiza va yuridik  xizmatlarning faoliyatini muvofiqlashtirish bo'limi boshlig'i lavozimida ishlab kelgan.