Янгиликлар
Xalq ta’limi xodimlarining huquqlari tiklandi
Muborak tumanidagi 10-umumiy o‘rta ta’lim maktabi xodimi D.Z va boshqalar viloyat adliya boshqarmasiga to‘langan ustama pullari qaytarib olinganligidan norozi bo‘lib murojaat qilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-yanvardagi PQ – 4940-son “Olis hududlardagi budjet tashkilotlariga malakali mutaxassislarni jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida 2021-yil 1-martdan boshlab ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarda dars berish uchun boshqa hududlardan jalb qilingan oliy va birinchi toifaga ega o‘qituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga maxsus ustamalar joriy etish belgilangan bo‘lib, unda bir ma’muriy-hududiy birliklar doirasida boshqa tuman va shaharlardan kelib faoliyat yuritayotgan o‘qituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga 50 foiz maxsus ustamalar to‘lash joriy etilgan.
Shunga ko‘ra, mazkur murojaat boshqarma tomonidan o‘rganib chiqilib, D.Z va boshqalarning ish haqlaridan 2 500 000 so‘mdan ushlab qolingan maxsus ustamalar aprel oyi ish haqiga qo‘shib to‘lanishiga va qolgan oylar uchun to‘langan maxsus ustamalar ushlab qolinmasligiga erishildi.
