Янгиликлар
14
Qashqadaryoda adliya sayili boʻlib oʻtdi
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan viloyat hokimining 2022-yil 7-maydagi “Aholining huquqiy ongi hamda huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirish, qabul qilinayotgan qonun hujjatlari mohiyati va ahamiyatini yetkazish maqsadida Shahrisabz shahrida “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” dasturi doirasida “Adliya sayili”nio‘tkazish to‘g‘risida”gi 20-4-0-F/22-son Farmoyishi qabul qilindi. Mazkur farmoyishga asosan joriy yilning 13-may kuni Shahrisabz shahrining Amir Temur hiyobonida aholi o‘rtasida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish hamda qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan “Adliya sayllari” shiori ostida tadbiri o‘tkazildi. Mazkur tadbirda 3500 dan ortiq fuqarolar ishtirok etib, fuqarolarga bepul huquqiy maslahatlar berish maqsadida malakali notariuslar, advokatlar, “Madad” NNT tashkiloti, davlat xizmatlari markazi, bandlik bosh boshqarmasi, soliq, banklar, FHDY, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi va boshqa hamkor tashkilotlar xodimlari ishtirok etishdi. Tadbir davomida aholiga muammoli, o‘z yechimini topmayotgan masalalar yuzasidan yuqoridagi tashkilotlar tomonidan jami 700 dan ortiq fuqarolarga bepul huquqiy maslahatlar berildi. Aholiga moddiy yordam va ijtimoiy nafaqalar olish, kredit olish, elektr energiyasi ta’minotidagi uzulishlar, tabiiy gaz va ichimlik suvi ta’minotidagi muammolar, aliment undirish, nogironlarga berilgan imtiyozlar, nogironlikni belgilash va boshqa masalalar yuzasidan tushuntirishlar berilib, ushbu yo‘nalishdagi masalalar bo‘yicha tayyorlangan flayer, buklet hamda infografikalar tarqatildi. Tadbirda “Sog‘lom hayot uchun 5000 ming qadam” shiori ostida tashkilot va muassasalar xodimlari, shuningdek ko‘ngilli yoshlar ishtirokida marafon o‘tkaziladi. Unda, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, aholining sportga bo‘lgan ishtiyoqini oshirish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, aholining va yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida Temurbeklar maktabi, yoshlar ittifoqi va Yuridik texnikumi talabalari va yoshlari o‘rtasida “Zakovat” intellektual uyini, “Temur tuziklari” bilimdoni ko‘riktanlovi, viktorinalar hamda savol-javoblar tashkil etilib, g‘oliblar va faol ishtirok etgan ishtirokchilarga estalik sovg‘alari topshirildi. Tadbir davomida el sevgan san’atkorlar ishtirokida musiqiy chiqishlar qilindi. Bundan tashqari, shaxmat-shashka, ko‘rash, karate va boshqa sport musabaqalari, saxna ko‘rinishlar tashkil etildi. Tadbir tafsilotlari markazi va mahalliy telekanallari, boshqarmaning qashqadaryo.adliya.uz kanali va saytida, facebook sahifasida va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritildi.
.jpg)