Янгиликлар
Har bir murojaat e’tiborda
Qarshi tumani, Fayzobod qishlog‘ida yashovchi fuqaro K.X viloyat adliya boshqarmasiga murojaatlariga Qarshi tumanidagi 15-umumiy o‘rta ta’lim maktab tomonidan javob xati berilmaganligidan norozi bo‘lib murojaat qilgan.
“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 28-moddasida ariza yoki shikoyat masalani mazmunan hal etishi shart bo‘lgan davlat organiga, tashkilotga yoki ularning mansabdor shaxsiga kelib tushgan kundan e’tiboran o‘n besh kun ichida, qo‘shimcha o‘rganish va (yoki) tekshirish, qo‘shimcha hujjatlarni so‘rab olish talab etilganda esa, bir oygacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqilishi belgilangan.
Shunga ko‘ra, murojaat yuzasidan Qarshi tuman xalq ta’limi bo‘limiga taqdimnoma kiritildi va taqdimnoma natijasi bo‘yicha Qarshi tuman xalq ta’limi bo‘limi mudirining 2022-yil 29-apreldagi buyrug‘i bilan Qarshi tumanidagi 15-umumiy o‘rta ta’lim maktab direktorining o‘rinbosari Sh. Xga O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 181-moddasiga asosan intizomiy jazo chorasi qo‘llandi hamda Qarshi tumanidagi 15-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori M. Bga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 43-modddasiga asosan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtirib jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi tuman sudiga yuborilganligi va sud tomonidan M. B O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 43-modddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.
