Yangiliklar
Nishon tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro D.Sariqulov tuman adliya bo’limi ostonasiga nohaqlikka yechim izlab tashrif buyurdi.
Bugun oʻtkazilayotgan Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati kengashining qirq oltinchi sessiyasida xalq deputatlari viloyat kengashiga saylov oʻtkazuvchi viloyat saylov komissiyasi raisi, viloyat Adliya boshqarmasi boshligʻi Oʻ.Ostonovning axboroti tinglandi.
Qarshi Davlat Universitetida O'zbekiston Respublika Senatining topshirig'iga ko'ra Qarshi shahar, Qarshi tumani va Koson tumani Xalq deputatlari Kengashlari deputatlari hamda kotibiyat xodimlari faoliyat samaradorligini yanada oshirish yuzasidan o'quv-seminari tashkil etildi.
Mamlakatimizda hozirgi asosiy masalalardan biri sifatida avtomobil yo‘llarida harakat xavfsizligini ta’minlash, yo‘l transport hodisalarining oldini olish, ularda halok bo‘luvchilar va tan jarohati oluvchilar sonining kamayishiga erishish, shuningdek ko‘riladigan umumiy ijtimoiy iqtisodiy zararlarni kamaytirish vazifalari turibdi.
Inson huquqlari va erkinliklari oliy qadriyat sanaladi. Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlar inson qadri uchun, uning huquq va erkinliklarini himoya qilish, fuqarolarning munosib hayot kechirishlari, bir so‘z bilan aytganda, xalqimizning baxtli yashashini ta'minlash uchun qaratilgan. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev ta'kidlaganlaridek: “Inson huquq va erkinliklariga amal qilinishini ta'minlash, har bir shaxsning qadr-qimmatini e'zozlash ochiq, erkin va adolatli jamiyatning ajralmas xususiyatidir”.
Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi xodimlari "Yurt tarovati" gazetasi bosh muharriri Nasiba Ibragimovalar Ikkinchi Jahon urushi qatnashchisi Abdulla bobo Fattaev va uning turmush o'rtog'i,front ortida xizmat qilgan Narzi momo Akramovalarning o'g'li "Yangibog'abod" mahallasida yashovchi Baxriddin aka Fattaev xonadoniga borishib , xolidan xabar olishdi.