Янгиликлар
05
Adliya xabari
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan profilaktik kuzatuv tadbiri jarayonida "AVTORITET" xizmat koʻrsatish belgisidan huquq egasining ruxsatisiz foydalanilayotganlik holati aniqlandi.
Qarshi shahrida joylashgan mahalliy tadbirkor tomonidan avtomashinalar ehtiyot qismlari do`koni peshtoqida “AUTORITET” so‘zidan ("TEXNIK DIZEL SERVIS" MChJga “AVTORITET / АВТОРИТЕТ” so‘z ko‘rinishdagi tovar belgisi uchun MGU 33076-sonli guvohnoma berilgan va huquqiy muhofazaga olingan) qonunga xilof ravishda foydalanib kelingan.
Mazkur holat boʻyicha viloyat adliya boshqarmasining qonun hujjatlarining buzilishi, ularning sabablari va bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi taqdimnomasiga asosan “AUTORITET” soʻzi va belgisi savdo doʻkoni peshtoqidan olib tashlanib, huquqbuzarlik holati bartaraf etildi.
Hurmatli tadbirkorlar, oʻz brendingizni yarating va uni rivojlantiring.