Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

17
"Davlat fuqarolik xizmati to'g'risida"gi qonunining targ'iboti davom etmoqda.....

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi va O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Qashqadaryo viloyat filiali hamkorlikda viloyatda mavjud 40 dan ortiq davlat tashkilotlarining 1000 nafardan ortiq xodimlarini qamrab olgan holda tashkilotlar kesimida O'zbekiston Respublikasining "Davlat fuqarolik xizmati to'g'risida"gi qonuni mazmun-mohiyatini tushuntirish yuzasidan semenar tashkil etilmoqda.

17
Adliya aralashgach 120 nafar kutubxonachining ustama pullari undirib berildi

Yakkabog' tumani adliya bo'limi tomonidan  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 29 sentabrdagi 490-sonli “Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lash shartlarini tartibga solish to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan  tumandagi 100 ta umumiy-o‘rta ta’lim maktablarida faoliyati o'rganilganda 120 nafar kutubxonachilarning jami 183 354 800 so‘m miqdoridagi qo‘shimcha  ustama pullari to'lanmaganligi aniqlandi. Tekshirishlar jarayonida bo'lim tomonidan kutubxonachilarning ustama pullari undirilishi ta’minlandi. Shundan 34 ta murojaat yuzasidan 67 671 800 so‘m ustama sud tatibida undirildi.

16
ADLIYA TADBIRKORGA KO'MAKCHI

Mirishkor va Shahrisabz tuman adliya bo'limlarii, Davlat xizmatlari markazi , tuman soliq inspeksiyasi hamda hokim yordamchilari bilan hamkorlikida  "Qo'shqanot" mahalla fuqarolar yig'inida sayyor qabul va reyd tadbiri o'tkazildi.

16
O'ZIMIZ KELDIK

Dehqonobod tumani adliya bo'limi, Davlat  xizmatlari markazi  xodimlari ishtirokida  O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-74-son qarori ijrosini ta'minlash va fuqarolarga amaliy yordam ko'rsatish maqsadida tumaning  "Istiqlol" va"Bo'ston" MFY larida yashovchi 18 yoshga to'lmagan nogironligi bo'lgan farzandlar  qarovchilarga 500 ming so'm moddiy nafaqa bo'yicha  fuqarolar murojaatlari  olinib, belgilangan tartibda tibbiy ko'rikdan o'tkazilishiga yordam ko'rsatildi. Davlat xizmatlari markazi xulosalari olinib, ular yashab turgan xonadonlarga xodimlar tomonidan sayyor  tarzda  yetkazib berildi.

16
Natija

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan profilaktik kuzatuv tadbiri jarayonida "GIORGIO ARMANI" xizmat koʻrsatish belgisidan huquq egasining ruxsatisiz foydalanilayotganlik holati aniqlandi.

16
Қашқадарёлик уч опа-сингилнинг 16 йиллик муаммоси ҳал этилди

Китоб тумани Обиканда қишлоғида истиқомат қилувчи опа-сингиллар: 2006 йилда туғилган Дилноза Нурмаҳматова, 2005 йилда туғилган Гулзира Нурмаҳматова, 2009 йилда туғилган Наргиза Нурмаҳматовалар мактаб ўқувчиси. Онасининг шахсини тасдиқловчи ҳужжати, никоҳ гувоҳномаси бўлмаганлиги боис қизларнинг туғилганлик ҳақидаги гувоҳномаларини ўз вақтида ололмаган. Турмуш ташвишлари, эътиборсизлик билан бўлиб ота-онанинг фарзандларига ҳужжат олиши зарурлиги ҳам эсларидан чиқиб кетган, дея ёзмоқда Қашқадарё вилояти Адлия бўлими.

15
Vagon tekshiruvchisining huquqlari tiklandi

“Mirmiron” mahalla fuqarolar yig'inida yashovchi fuqaro, X.Nazarov “Qarshi vagon deposi” korxonasida 1991-2001-yillarda slesar, 2001-2008-yillarda esa vagon tekshiruvchisi (osmotrshik vagonov) vazifalarida zararli ishlarda ishlaganligi bois imtiyozli pensiyaga chiqishda amaliy yordam so‘rab Qarshi tuman adliya bo'limiga murojaat qiladi.

15
"Davlat fuqarolik xizmati to'g'risida"gi qonuni haqida keng tushunchalar berildi.

Viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo'limlari tomonidan tibbiyot muassasalari xodimlari hamda umumtaʼlim maktablari o'qituvchilarini ijtimoiy jihatdan qo'llab-quvvatlash hamda ularning mehnatga doir huquqlarini tushuntirishga qaratilgan huquqiy targʻibot tadbirlari o'tkazilib kelinmoqda.

15
Bolani boshqa maktabga ko‘chirish tartibi

Ota-onalar o‘quv yili davomida yoki u tugaganidan so‘ng farzandini bir maktabdan boshqasiga o‘tkazish huquqiga ega.

12
O'ZIMIZ KELDIK

Dehqonobod tumani adliya bo'limi hamda Davlat xizmatlari markazi tomonidan O'zbekiston Respublikasi  Prezidentining PF-74-son Farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida Dehqonobod tumanida yashovchi            18 yoshga to'lmagan nogiron farzandlari  bor bo'lgan fuqarolarning   5 nafar  qarovchilariga 500 ming so'mlik nafaqa tayinlovi uchun tibbiy ko'rikdan o'tkazilishiga amaliy yordam ko'rsatilib, ularning Davlat xizmatlari markazidan o'tkazilgan xulosalari xodimlar tomonidan yashash xonadonlariga yetkazib berildi.