Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

MILLIY FORUM


Bugun "International Hotel Tashkent" mehmonxonasida Inson huquqlari bo'yicha Milliy markaz, Adliya vazirligi, O'zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assosiasiyasi, “Yuksalish” umummilliy harakati hamda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan “Inson huquqlari va manfaatlarini ta'minlashda davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining hamkorligi” mavzusida Milliy forum bo'lib o'tdi.

Forum ishida 300 dan ortiq ishtirokchi, shu jumladan vazirlik  
va idoralar, diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlar, fuqarolik jamiyati institutlari hamda xalqaro va chet el nodavlat tashkilotlarining vakolatxonalari, shuningdek, mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Milliy forumda Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi,Milliy Assosiasiyaning Qashqadaryo viloyati hududiy bo'linmasi , OAV vakillari hamda viloyatdagi NNTlar rahbarlari onlayn shaklda ishtirok etishdi.