Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Adliya xabari


INTELLEKTUAL MULK SOHASIDA OCHIQ ESHIKLAR KUNI

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi hamda Huquqni muhofaza qiluvchi organlar,boshqa davlat organlari,tadbirkorlar  va tashkilotlar bilan hamkorlikda intellektual mulk sohasidagi huquqbuzarliklarni aniqlash va ularni oldini olish bo'yicha huquqiy targ'ibot tadbiri hamda "Ochiq eshiklar kuni" bo'lib o'tdi.

Tadbir davomida Iste'molchilarni  insofsiz ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilardan himoya qilish,ichki bozorni  inson hayoti,salomatligi uchun havfli va sifatsiz mahsulotlardan ogoh etish hamda Tovar belgilari va xizmat ko'rsatish belgilari olishda joriy etilayotgan imtiyozlar hususida tavsiyalar berib o'tildi.

Tadbir so'ngida "KARVON STROY" hamda "JAYHUN GROUP" xizmat ko'rsatish belgilarini (Brendlarini) ro'yxatdan o'tkazgan shaxslarga ularning xizmat ko'rsatish belgilariga bo'lgan huquqlarini tasdiqlovchi guvohnomalar topshirildi.