Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

G'UZORDA 202 NAFAR ISHCHI XIZMATCHI XODIMLARGA 148 379 072 SO'MLIK MUKOFOT PULLARI TO'LAB BERILDI.


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 1 apreldagi 91-son qarori bilan tasdiqlangan “Shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablariga rioya etilishi G'uzor tuman adliya bo'limi tomonidan tahlil qilindi.

O‘tkazilgan tahlil jarayonida, G‘uzor tuman hokimligi obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan qaror bilan tasdiqlangan nizom talablari bo‘yicha obodonlashtirish sohasidagi uzluksiz umumiy ish staji (uzoq muddat xizmat qilganligi) uchun har choraklik to‘lanishi kerak bo‘lgan ya’ni 2022 yil 1 iyul xolatida 202 nafari xodimlarga mukofot pullari to‘lab berilmaganligi aniqlandi.

Adliya aralashgach: G‘uzor tuman hokimligi obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan 2022 yilning 1 iyul xolatida jami bo‘lib, 202 nafar ishchi xizmatchi xodimlarga 148 379 072 so‘mlik mukofat pullari to‘lab berildi.  


Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi